Jamoatchilik e`tirozlaridan so`ng shilqimlarga ma`muriy jazo belgilandigan bo`ldi

01.06.2023 10:00

Ijtimoiy tarmoqlarda metroda ikki yigitning qizlarga tegajog`lik qilgani, uni videoga olib o`zlarining TikTok va instagram sahifasiga yuklab, “Prank” deya izoh bergani aks etgan videolar tarqaldi. Ammo ko`plab jamoatchilik faollari ushbu videoni muhokama qilib post qoldirgandan so`ng, tiktokerlar videoni sahifasidan olib tashlagan.

"Nemolchi.uz" loyihasi "kulguli" pranklarni suratga oluvchi tiktoker videosini e`lon qildi. 

"Mazkur videorolikda tiktoker ataylab qo`lini bir qizning qo`lini ustiga qo`yadi. U qo`lini olib qo`ysa, yigit yana qo`lini yana qizning qo`liga tekkizmoqda. Va s`yomka qiluvchi do`sti bilan kameraga qarab kulishmoqda. Qiz bu holatdan o`zini noqulay xis qilishi ko`rinib turibdi va yana qo`lini tortmoqda. Videorolikni tiktoker o`z akkauntida joyladi, keyin esa o`chirib tashladi. Lekin sodir etgan qilmishi uchun jazodan qutuldim, deb o`ylashi xato. Qachondan beri tegajog`lik kulguli bo`lib qoldi?", deya post joylagan.

Bloger Shahnoza Soatova o`zining feycbuk va telegram sahifasida “Bularni topish qiyin bo`lmasa kerak. Metroda qizlarga tegajoqlik qilib, buni videoga olib “prank” deb tarmoqqa yuklagan tarbiyasiz yigitlarning ota-onasi uyalsa kerak, boshi egilsa kerak (bundan umid qilgan holda ota-onalariga achinaman).  Shuningdek, metro vagonlarini alohida qilish echim emas",  mazmunidagi postni joylagan.

Bundan tashqari, Xorazmda bolalar uyidagi holatdan so`ng tashkil etilgan “Ayol buyum emas” loyihasining  telegram kanalida ushbu tiktok blogerlarning shaxsiy sahifalari ham e`lon qilindi.

Shuningdek, ushbu video muhokamasidagi barcha jamoat faollari video olib uni ijtimoiy tarmoqqa yuklagan shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko`rilishi kerakligini aytib o`tgan.

O`zbekiston Respublikasining 11.04.23 yildagi qonuniga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga “Shahvoniy shilqimlik qilish” 41-1-moddasi kiritilgan bo`lib, unga ko`ra huquqbuzarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa olish jazosi qo`llaniladi.

Bundan sal oldin bloger Doniyor Qayumov ham o`zining instagram sahifasida ayollarga nisbatan zo`ravonlik va tazyiqni targ`ib qiluvchi video joylashtirganligi uchun unga 6 million so`m jarima belgilangan edi. Ma`lumot uchun Doniyor Qayumovning instagramda sahifasiga bir kunga qo`yib beradigan bitta reklamasi 300$ bo`lib, unga qo`llanilgan jarima esa nari borsa ikkita reklamani puli ekan. Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda ushbu blogerning Jurnalistika universiteti talabalariga master-klass o`tish uchun taklif qilingani va bundan talabalar norozi bo`lgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

So`nggi vaqtda ayol va qizlarga nisbatan zo`ravonlik borgan sari kuchayib bormoqda. Balki bunga sabab qaysidir ma`noda ushbu zo`ravonliklarga nisbatan juda engil jazo berilayotgani bo`lsa ajab emas.

Blogerlardan biri ushbu holat uchun o`zini oqlab chiqdi va buni hali ham to`laligicha tushunmay “prank” deya aytib o`tgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda jamoat faollarining fikrlaridan so`ng notanish qizga shilqimlik qilgan yigitlarga MJTKning 41 prim 1-moddasi va 46 prim 1-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda chora ko`rish uchun sud organlariga yuborilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар