Kecha auksionni to`xtatishni talab qilgan Antikorrupsiya agentligi bugun o`z fikridan qaytdi

26.01.2021 11:07

Rost24 ko`targan muammo jamoatchilik orasida katta munozaraga aylandi.

Shu kecha-kunduzda O`zbekiston ommaviy axborot vositalarining sahifalari O`zbekistondagi Koka-kola zavodining 57 foizlik davlat ulushining sotilishi bo`yicha munozara bilan to`ldi.

Mavzuni eng birinchi bo`lib Rost24 axborot sayti ko`tarib chiqqan edi. Shundan so`ng Xabar.uz saytida ham ushbu mavzu yuzasidan “O`zbekistondagi «Coca-Cola»ning davlat ulushini sotib olish uchun 150 million AQSh dollari beradiganlar bor. Ammo...” nomli tanqidiy maqola paydo bo`ldi. Unda O`zbekistondagi 1-raqamli, yillik savdo aylanmasi 1,5 trillion yillik sof foydasi 27 million dollar bo`lgan, barqaror daromadga ega zavodni sotib olish uchun «Hydrolife Bottlers» MChJ 150 million AQSh dollari ham to`lashga tayyorligi, ammo «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd» MChJning 57,118 foiz davlat ulushi 70 million dollarga sotilish arafasida turgani bayon qilingan.

Jurnalist va blogerlarning, ijtimoiy tarmoqlardagi jamoatchilikning fikrlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ham etib bordi. Natijada agentlik «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd» MChJning 57,118 foiz davlat ulushining sotilishdagi faqat taqiqdan iborat shartlarni o`rganib chiqib, auksion shartlarida shaffoflik yo`qligini aniqladi va auksionni to`xtatish bo`yicha tegishli idoralarga taqdimnoma kiritdi.

Yaqinda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mazkur harakati O`zbekistondagi yirik korrupsiya alomatlari sezilgan jarayonni bartaraf etish bo`yicha ilk harakatlaridan biri sifatida qaraldi.

«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd» MChJning davlat ulushi sotilishidagi g`irromlik – faqat xorijiy birgina kompaniyaga sotish uchun mo`ljallab tuzilgan shartlar, mahalliy tadbirkorlar ishtirokini taqiqlovchi talablar ilgari surildi. Xorij OAV va iqtisodchilar ham bu mavzu atrofida bahsga qo`shildi. Rossiyaning nufuzli saytlarida ham O`zbekiston Koka-kolasining savdosidagi nohaqliklar va O`zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tahsinga sazavor harakatlari bayon etildi.

Shundan so`ng bir necha soat vaqt o`tib Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ushbu Taqdimnomasiga rasmiy munosabat bildirdi.

Munosabatning yakunida shunday deyiladi:

“Ta`kidlanishicha, “Coca cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MChJdagi davlat ulushini sotish halol, ochiq va shaffof usullarda hamda dunyodagi o`zining o`rniga ega va nomiga putur etmagan xalqaro kompaniyalar ishtirokida amalga oshirilmoqda.”

Murakkab so`zlar bilan aytilgan bu javobning asl mohiyatini anglash mushkul emas, nazarimizda.

Shundan so`ng Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tegishli tashkilotlarga taqdimnoma kiritganiga bir kun ham o`tmay o`z fikridan qaytdi.

“Agentlik xususiylashtirish jarayonlarini xalqaro kompaniyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan bunday yangi amaliyotni to`la qo`llab-quvvatlaydi va xususiylashtirish jarayonining davom ettirilishiga e`tirozi yo`qligini ma`lum qiladi”, deyiladi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining bir kundan keyingi bayonotida.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
27.01.2021 19:16
Ex yibanlar, oxiri Uzbekistonni enasinikiga tiqishasan
27.01.2021 09:13
Бундай ахвол булса,окибати яхши булмайди.
26.01.2021 17:14
Ана Сизга сюрпириз, мана Сизга сюрпириз. Агентликда ўтирганлар, ҳеч бўлмаса ўз Давлат ташкилотингни ҳурматидан ҳам, номига бўлса ҳам уч кун индамай туриб текширилди, кўриб чиқилди деб кейин очиб бермайсанми. Виждонсизлар, мутаҳамлар, ҳалқ душманлари, коррупциани йўқотиш ўрнига тегирмонига сув қуйаётган, қўмита раҳбари ва амалдорлар, ҳалқникини еб, тиқилиб қон қақшаб ўлинглар. Асосий қисмини юқоридагиларга узатинглар, ишларингнда юқори вазифага еўтариласанлар. Ҳайф силарга ҳалқ ҳисобидан ойлик олиб, тузлиғига туфураётганлар.