Tarmoqlarda Jizzax viloyati hokimining qamoqdan ozod etilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq hokim o`rinbosarining muddatdan avval, ozod bo`lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu tarqalgan xabarlar yolg`on bo`lib chiqdi.
Jizzax viloyati hokimining sobiq o`rinbosari Akram Rahmonqulov ozodlikka chiqmagan. Ayni paytda u Namangandagi koloniyada jazoni o`tamoqda. Bu ma`lumotni rost24.uz saytiga Toshkent viloyati sudi matbuot kotibi tasdiqladi. Uning xabariga ko`ra, 7.5 yilga ozodlikdan marum etilgan Akram Rahmonqulov Namangan viloyati ichki ishlar bo`limi, jazoni ijro etish koloniyasida muddatini o`tamoqda.
Akram Rahmonqulov Jizzaxda ko`p qavatli bino qulashida aybdor, deb topilgan. Rahmanqulovning qarindoshlari ijtimoiy va boshqa soha ob`ektlarini qurish bo`yicha bir necha yuz milliard so`mlik davlat buyurtmalarini qo`lga kiritgani, uning o`zi esa qarindoshlari yutgan tenderlarda komissiya rahbari sifatida qatnashgani ma`lum bo`lgandi.
Eslatma: Yil boshida ham 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan sobiq prokuror Rashid Qodirovning ham ozodlikka chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. Millionlab AQSh dollari miqdorida pora olishi aytilgan Rashid Qodirovning ozodlikka chiqishi bilan bog`liq axborotni shu vaqtgacha bironta rasmiy manba tasdiqlamagan va rad etmagan.
Akram Rahmonqulovni jazo o`tayotganini tasdiqlagan Oliy sud matbuot kotibi Rashid Qodirov haqidagi savolni ochiq qoldirdi.