Chori Latipov: "Matbuot bilan ishlay olmagan vazirlik bitta emas, ular o`nlab…"

09.01.2023 13:38

«Qishloq hayoti» gazetasi bosh muharirri Chori Latipov Rost24.uz tomonidan o`tkazilinayotgan «Yil tanlovi» ning nominasiyalari bo`yicha o`z nominantlarini aytdi.

— 2022 yilning «Eng namunali hududi» qaysi?

— Ushbu nominasiya bo`yicha Erkin Turdimovni aytgan bo`kardim. Chunki u xalq qabullari masalasida o`zining o`rnini bila olib haqiqiy qabulga erishayotgani menga maq`ul bo`ladi.

— 2022 yilda «Yil odami» nominasiyasiga munosib nomzod kim?

— Yil odami, degani juda yuksak mas`uliyat. 35-36 millionlik aholi ichidan bir odamni tanlash juda hayajonga soladi. Men sport olamimizni dovrug`ini keng taratgan Oksana Chusovitinani aytgan bo`lardim. Balki uning muvoffaqiyatlari bugun emas, kecha yoki undan oldindir, ammo unda bir so`z bilan aytganda bir necha yilda “Yil odami” bo`lishga arziydi.

— 2022 yilning «Eng namunali matbuot kotibi» kim?

— Matbuot kotiblarini aniqlashda o`zi matbuot kotiblari qanday ishlayapti, degan o`y keladi. Meni achintiradigan narsa men eng yaxshi, deb o`ylagan mabuot kotiblari negadur ishdan bo`shab ketyapti. Hozir ishlab turgan matbuot kotiblari orasida Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanaevning faoliyatini aytgan bo`lardim. Bu tizimda ham muammolar ko`pdir, ammo shu muammolarni ichida elib-yugurib xizmat qilib, omma bilan ochiq muloqot qilyapti deb o`ylayapman.

— 2022 yilda matbuot bilan ishlay olmagan vazirlik qaysi?

— Matbuot bilan ishlay olmagan vazirlik deb u yoki bu vazirlik deb ayta olmayman. Chunki bitta vazirlikni yaxshi ishlay olmagan desa boshqalari-chi degan savol paydo bo`ladi. Bir emas yaxshi ishlay olmagan vazirlik o`nlab, deya olaman. Qaysidir vazirlikni yaxshi ishlayapti, deb ajratishga 4-5 yil bor, menimcha.

2022 yilning “Eng namunali vazirligiʼʼ qaysi?

— Siyosiy savodxonlik, xalqchillik bilan yaqindagina Adliya vazirligidan boshqa ishga o`tgan Ruslan Davletov. Avvalambor vazir sifatida huquqiy bilimi kuchli ekani va xalq bilan rahbariyat o`rtasida mezonni tanlay oladi.

2022 yilning «Media lideri» kim?

— Yilning eng yaxshi media lideri sifatida qo`rqmasdan hamma joyga mikrafonini ko`tarib bora oladigan jurnalistlar, blogerlarni tanlashadi. Ammo men Sherzodxon Qudratxo`jani tanlagan bo`lardim. Shu insonni matbuot faoli sifati faoliyatini qo`llab-quvvatlayman.

“Yil tanlovi” bo`yicha boshqa gazeta bosh muharrirlaridan ham intervyu olish rejamizda bor edi. Afsuski,  jamiyatimizda hali ham mikrafondan qochadigan yoki vaziyatini ochiq aytib tushuntira olmaydigan rahbarlar ham gazetalarimiz tepasida.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар