"OAV to`g`ri savolni qo`ygan — Davlat xizmatchilarining har qanday xizmat safari yoritilib borilishi kerak"

08.01.2023 22:15

Rost24.uz'da e`lon qiligan maqolaga Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari Durdona Rahimova munosabat bildirdi

Saytimizda "Toshkent hokimi o`rinbosarining Nyu-Yorkka safari soliq to`lovchilarga 70 mln. so`mga tushmoqda" xabari e`lon qilingan edi.

Unda poytaxt hokimi o`rinbosari Durdona Rahimovaning 12-24 yanvar kunlari AQShning Nyu-York shtatidagi Leyk–Plesid shahriga ketayotgani va ushbu safar soliq to`lovchilar uchun salkam 70 million so`mga tushayotgani bayon etilgan. Xizmat safarining qanchalik ahamiyatli bo`lishi haqida hamda mazkur safar yuzasidan jamoatchilikka hisobot berishi lozimligi savol ostiga olingan edi.

Toshkent hokimi o`rinbosari Durdona Rahimova OAVda e`lon qiligan ushbu xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Rahimova munosabatida 

"Xizmat safari maqsadi:

Xabaringiz bor, Osiyo Olimpiya Kengashining 2019 yil 28 sentyabrda Doha shahrida bo`lib o`tgan 73-yig`ilishida 2025 yilda yoshlar o`rtasida IV yozgi Osiyo o`yinlarini Toshkent shahrida o`tkazilishiga kelishilgan.

Yirik xalqaro o`yinlarni tashkil etishda xorijiy tajriba, ishtirokchilarning musobaqada ishtirok etish davrida ular uchun belgilangan talablar asosida sharoitlarni yaratish, logistika, infratuzilmalar, ko`ngillilar faoliyatini tashkil etish, tashkilotchilarning ko`nikmalarini oshirishda dunyo bo`ylab o`tkazilayotgan musobaqalarda yangi yondashuvlarni o`rganish har qachongidan muhim.

Bu borada mahalliy davlat idoralarida aynan shu sohaga mas`ullarni tajribasini oshirish, kelgusida ularni tadbiq etishiga bugun Davlatimiz rahbari tomonidan sharoitlar yaratilmoqda. Xizmat safarining ayni maqsadi ham yirik musobaqalarni o`tkazish bo`yicha takliflarni tayyorlash.

Shuningdek, delegasiya tarkibida 12 nafar talabalarimiz ham mazkur yirik sport musobaqasida ishtirok etadi. Ularga rahbarlik qilish ham ayni safarning yuklatilgan vazifalaridan biri hisoblanadi", deya izohlaydi. 

Hokim o`rinbosari AQSh safarida sarflanadigan xarajatlarni ham alohida izohlagan:

“Universiadada ishtirok etish xarajatlariga to`xtalsam, kunlik 150 AQSh dollari miqdorida mehmonxona uchun, 45 AQSh dollari esa kunlik xarajatlar uchun belgilangan. 160 AQSh dollari esa bu Viza xarajatlari uchun. Nizomda belgilangan limitdan chiqilmagan”.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimi o`rinbosari Durdona Rahimova Rost24.uz'ning davlat xizmatchisiga OAVda to`g`ri savol qo`yilganini aytadi.

OAV to`g`ri savolni qo`ygan nima naf deb? — deydi D.Rahimova.Umuman davlat xizmatchilarining har qanday xorijiy xizmat safari yoritilib borilishi kerak, deb hisoblayman. Chunki nafaqat moliyaviy hisobot, balki yangi bilimlar, tajribalar juda muhim hisoblanadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
20
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар