Jurnalistlar uyushmasi raisi O.O`sarov Administrasiyaga yangi lavozimga tayinlandi

08.01.2023 15:01

Vazirlar Mahkamasi tuzulmasida katta qisqartirishlar ketayotgan bir vaqtda Prezident Administrasiyasida xodimlar soni ortib borishda davom etmoqda.

O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasining amaldagi raisi Olimjon O`sarovning Prezident Administrasiyasiga o`tganligi aytilmoqda. Aniq ma`lumotlarga ko`ra, uyushma raisligini bajarib kelgan O.O`sarov Prezident Administrasiyasida spichrayterlar jamoasini to`ldiradi.

Ma`lumki, Administrasiyada shakllangan spichrayterlik xizmati mohiyatan Karimov devonining madaniy-mafkuraviy sektori o`rnida shakllangan xizmatdir. Jamoatchilikda asosiy vazifasi Prezident ma`ruzalari ustida ishlash, degan fikr shakllangan ushbu xizmat hukumatda qisqarish ketayotgan bir paytda kadrlar hisobiga kengayib borayotgani savolli masala.

Deyarli o`ttiz yildan buyon ushbu postni hech kimga bermay, ikki davrda ham eng oliy siyosiy matnlarni bir xil tempda va bir xil uslubda jamiyatga ulashib kelayotgan Xayriddin Sultonov bajarib keladi. 

Yangi lavozimga o`tgani haqidagi xabarni O.O`sarov na tasdiqladi va na inkor etdi. U rost24.uz saytiga ayni damda sog`lig`ini tiklayotganini bildirgan.

Aslida O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qonunan mustaqil, nodavlat tashkilot bo`lsa-da, hukumatdan mustaqil ravishda ishlay olmaydi. Buyruq va topshiriqlar doimo yuqoridan beriladi. Shuning uchun ham odatga ko`ra, uyushmaga davlat boshqaruv organlaridagi amaldorlarga sodiq bo`lgan kadrlar rais sifatidan tanlanadi.

Ayni shu vajga ko`ra, Rost24.uz sayti Jurnalistlar uyushmasining davlatdan to`la mustaqil tashkilot ekanligini shubha ostiga olib keladi.

Bundan biroz oldin ushbu xizmatga Ulug`bek Ibodinovning ishga o`tgani haqida ma`lumot bergan edik.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
11
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар