PREZIDENT QARORI: 1 yanvardan "bog`chalar"ga to`lovlar miqdori kamaytiriladi

01.01.2023 16:40

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e`lon qilindi.

"O`zbekiston Respublikasining "2023 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida"gi Qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risidagi" O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi PQ-471 qaroriga ko`ra, davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari (davlat bog`chalari)ga to`lovlar miqdori kamaytiriladi.

2023 yil 1 yanvardan 2026 1 yanvarga qadar davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bola ta`minoti uchun ota-onalar to`lovi miqdoriga nisbatan tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagi kamaytiruvchi koeffisientlar qo`llanadi:

5-toifadagi tumanlarda - 50 foiz;

4-toifadagi tumanlarda - 50 foiz;

3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) - 30 foiz qo`llaniladi.

Eslatib o`tamiz, saytimizda bundan oldin «Bog`cha» xodimlarining oyligi qachon ko`tariladi?” maqolasi e`lon qilingan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
40
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
03.01.2023 00:57
Bog'cha yoshiga yetgan bolalar navbat kutib qiynalishyabdi navbatsiz qabul qilish yo'lga qo'yilsin
03.01.2023 00:39
Assalomu alaykum oylik kutarilsa yaxshi bulardi.oyligimiz juda kam ruzgʻor qilishga yetmaydi