Hukumatda qisqartirishlar ketayotgan bir paytda Adminstrasiyada yangi tayinlovlar amalga oshirilmoqda

24.12.2022 19:05

Hukumatda lavozimlar optimallashtirilayotgani aytilayotgan bir vaqtda Adminstrasiyada yangi tayinlovlar amalga oshirilmoqda.

Spichrayter Xayriddin Sultonovga ham yangi o`rinbosar tayinlandi.

Qarshibaev Murtaza Mamatqulovich Prezident maslahatchisi - Spichrayteri o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Uzoq yillar, Birinchi Prezident davridan buyon Xayriddin Sultonov va M.Qarshiboev birgalikda yonma-yon ishlab keladi.  

Tayinlovga qadar Qarshiboev Prezident Administrasiyasida sho``ba mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

62 yoshni qarshi olayotgan Murtazo Qarshiboev Samarqand viloyati, Payariq tumanida tug`ildi.

2001 yilda “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist” unvoni bilan mukofotlangan.

Spichrayter adib Xayriddin Sultonov esa 68 yoshni qarshilamoqda.

Bundan oldin Hakimov Raxim Rasuljonovich Prezident maslahatchisi o`rinbosari lavozimiga tayinlanini e`lon qilgan edik.

Saytimizda "Xayriddin Sultonov: "Pensiyaga oz qolgan, yaxshi choy damlaydigan opalarni ishda saqlash yaramaydi..." maqolasi ham chop etilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар