Ipoteka banki amaldorlardan imtiyozlarni olib tashladi

16.12.2022 16:32

Shu vaqtgacha hukumat idoralarida joylashgan bankomatlardan pul echishda amaldorlar foiz to`lamagan. Endilikda bank ulardan bu imtiyozni olib tashladi.
 
Rost24.uz saytida “ADOLATSIZLIK: Amaldorlar va deputatlar bankomatdan pulini 0 foizga naqdlashtiradi, Siz esa 1 foiz to`laysiz” maqolasi e`lon qilingan edi. 

Unda Prezident Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi xodimlari, Oliy Majlis deputatlari bankomatlardan plastikdagi pullarini foizsiz naqdlashtirib olishi bayon qilingan. Oddiy aholi o`z pullarini naqdlashtirishda komissiya foizlarini to`layotgan bir paytda nima uchundir amaldorlarga 0 foizlik imtiyoz berilgani savol ostiga olingan edi.

Rost24.uz ma`lumotlariga ko`ra, hozirda bu imtiyozlar hukumat idoralaridagi bankomatlardan olib tashlangan. Prezident Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi xodimlari, Oliy Majlis deputatlari bankomatlardan plastikdagi pullarini naqdlashda foiz echib olinadi. Bu ma`lumotni rost24.uz ga Ipoteka banki axborot xizmati tasdiqladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар