Tanzila Norboevaning qizi arizani qaytarib oldi, ayol qamoqdan ozod qilindi

14.12.2022 16:43

Senat raisi esa bu o`g`rilikdan xabari bo`lmaganini aytmoqda

Saytimizda "Tanzila Norboeva qizining uyiga o`g`ri tushdi — 12 500 dollar mablag` o`g`irlandi" xabari e`lon qilingan edi. Unda joriy yilning 2 dekabr kuni fuqaro D.T. Tanzila Norboeva qizining uyidan 12 500 AQSh dollari miqdoridagi pulni o`g`irlashda ayblangan. U shu xonadonda enaga bo`lgan. Gumonlanuvchini 2 dekabr kuni soat 23.10 da O`zbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi asosida ushlashgan, uni o`g`irlikda ayblashmoqda. Oradan yarim soat ham o`tmay 23.45 da jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi sudyasi M. Kukiev enagani qamoqqa olishga sanksiya bergan.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva qizining uyidagi bu o`g`rilikdan xabari bo`lmagan. Ichki ishlar xodimlarining amaldorga aloqador uydagi o`g`rilikni tezkor ravishda ochganliklariga T.Norboevaning to`g`ridan to`g`ri ta`siri bo`lmagan. U bu ishlarni tezkor hal qilinishini hech kimdan so`ramangan. Shuningdek, ayni damda Norboevaning qizi arizasini qaytarib olgan va ayol qamoqdan chiqarib yuborilgan. 

Bu haqida xabarni rost24.uz saytiga T.Norboevaning matbuot kotibi ma`lum qildi. Senat raisining qizi O`zbekistonning barcha fuqarolari qatori o`g`rilikdan jabr ko`rib, IIV xodimlariga murojaat qilgan, deydi kotib.

Ammo, IIV xodimlarining mansabdor shaxs uyidan tushgan murojaatga tezkor ravishda harakat qilganliklari fuqarolarda hayrat uyg`otmoqda. Mansabdor shaxs farzandining uyida 12 ming AQSh dollari saqlanishi esa alohida masala.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
24
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар