Bugun 8 dekabr — O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun.
Asosiy Qonunimizning 7-moddasida "Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir", deya muhrlangan.
Bugun ana shu Konstitusiyamiz 30 yoshga to`ldi. Unga bag`ishlanib, “O`zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini ta`sis etish to`g`risida”gi farmon imzolandi. “O`zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni tashkil etildi.
Tegishli farmonga asosan, bir qancha yurtdoshlar va amaldorlar mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Jumladan, Prezident Administrasiyasi rahbarining barcha o`rinbosarlari:
— MAGRUPOV Aziz Yuldashevich, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining birinchi o`rinbosari.
— ALLAMJONOV Komil Ismoilovich, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari.
— PAYGAMOV Alisherbek Azizovich, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari.
— ASADOV Sherzod Ikromovich, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi.
— KURBANOV Ulug`bek Uchkunovich, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari — Prezident protokoli rahbari.
Eslatib o`tamiz, bundan oldin saytimizda “TANIShTIRUV: Prezident Administrasiyasida amaldorlar soni ortib bormoqda" materiali e`lon qilingan edi.