Antimonopoliya birgina xaridorga mo`ljallangan auksionning qonuniyligini isbotlamoqchi...(mi?)

12.01.2021 11:31

rost24.uz saytida «O`zbekistondagi Coca-Cola korxonasi shubhali narxda, arzon sotilmoqda... «Sirli» xaridor oldindan aniq» nomli maqola e`lon qilingan edi.

Ushbu maqolaga Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi o`z munosabatini bildirgan.

Maqolada talab va shartlar atayin bir tashkilot uchun mo`ljallab tuzilganligi bayon etilgan edi. Antimonopoliya qo`mitasi esa barchasi qonuniy ekanligini bayon qilibdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi joylashtirgan Coca-Cola korxonasining 57,118 foizlik davlat ulushining sotilishi to`g`risidagi e`londa “1-ilovada keltirilgan mezonlarga javob beradigan barcha manfaatdor shaxslar uchun ochiq» deyilgan. Ammo 1-ilovada keltirilgan shartlarga javob beradigan tashkilot O`zbekistonda topilishiga shubha qilasiz.

1-ilovada shunday shartlar bor:

Bitim tuzish maqsadida ishtirokchilarni saralash va g`olibni tanlash jarayonida ushbu mezonlar DTK tomonidan o`z xohishiga ko`ra qo`llanadi:

  • Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish va sotish bo`yicha kamida 7 yillik tajriba va quyidagi yo`nalishlar bo`yicha kasbiy mahoratga ega bo`lishlik:
  • yillik sof tushumi 200 million AQSh dollaridan kam bo`lmagan biznes doirasida alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish, sotish va tarqatish;
  • Alkogolsiz ichimliklar brendlarini, marketingini va sotishini, ta`minot zanjirlarini va xaridlar integrasiyalashuvini boshqarish bo`yicha tasdiqlangan xalqaro tajriba;
  • oziq-ovqat va ichimliklar sohasida amal qiladigan qonunchilikka rioya etish;
  • CCBU ustav kapitalidagi nazorat paketini pul vositasida sotib olish uchun etarli moliyaviy resurslar;
  • O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va biznesning uzoq muddatli o`sishiga erishish uchun CCBUga sarmoya kiritishga tayyorlik va imkoniyatga ega bo`lishlik;

Bunday shartlarning hali yana davom bor edi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi e`londa savdo talab va shartlar bilan birga o`ziga jamiki vakolatlarni ham yozma ravishda biriktirib olgan.

Antimonopoliya esa ushbu shartlarni qonuniy deya bayonot bermoqda.

Shuningdek, «arizalar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ko`rib chiqilmoqda.” deyiladi Antimonopoliya javobida.

O`zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari Jamshid Qo`chqorov Xalqaro press-klubning 30 dekabr kungi sessiyasida «Coca-Cola Bottlers Uzbekistan, Ltd»dagi davlat ulushini sotib olish uchun 3 ta ariza kelib tushganini aytib o`tgan edi. Hattoki, ular taklif qilgan 40, 50 va 70 million dollarlik narxlarni ham oshkor etgan.

P.S. Roppa-rosa ikki yil oldin, 2019 14 yanvarda Prezident farmoni bilan Davlat aktivlarini boshqarish agaentligi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasidan ajralib chiqarilgan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар