Prezident Administratsiyasining ijro etuvchi apparatida amaldorlar soni ortganini koʻrish mumkin. Rost24 tomonidan tayyorlangan materialda tuzilmaning avvalgi lavozimlari bilan tanishtirib oʻtgan edik. Hozirda adminstratsiyada rahbar uning 5 oʻrinbosari lavozimi mavjud (avvalroq 3 ta edi). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari esa 9 ta, shuningdek, adminstratsiya tarkibida 3 ta amaldor oʻrni tashkil etilgan. Ular bilan tanishtirib oʻtamiz.
UMURZAKOV Sardor Uktamovich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari
Avval bu lavozimda Nizomiddinov Zaynilobiddin Shaxobbidinovich ishlab kelayotgan edi.
***
MAGRUPOV Aziz Yuldashevich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari. U bu lavozimda 2018-yildan buyon faoliyat olib boradi.
***
ALLAMJONOV Komil Ismoilovich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari. Avval ham administratsiyada oʻrinbosar lavozimida ishlagan Allamjonov bu lavozimga joriy yil iyul oyida tayinlangan va bu lavozim oʻshanda yangi tashkil etildi. U jamoatchilik fikrini oʻrganish va axborot siyosatiga masʼul boʻldi. Bungacha administratsiya rahbarining uch nafar oʻrinbosari bor edi.
***
PAYGAMOV Alisherbek Azizovich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari.
Prezident devoni ijro sektorining sobiq mudiri Alisher Paygʻamov administratsiya tashkil etilgandan soʻng, yaʼni 2018-yildan buyon bu lavozimda faoliyat olib boradi.
***
ASADOV Sherzod Ikromovich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi. Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan diplomat Asadov bu lavozimda 2021-yildan buyon xizmat qilib keladi. 2017-yildan buyon eng koʻp almashgan lavozim ayni shu boʻlib. Dastlab bu vazifani Komil Allamjonov, keyin Farxod Mahmudov va bir muddat administratsiyada sektor mudiri boʻlgan Dilnoza Ziyamuxamedovalar bajarishgan.
***
KURBANOV Ulugʻbek Uchkunovich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari — Prezident protokoli rahbari. U bu lavozimga joriy yil noyabr oyi boshida tayinlangandi. Ulugʻbek Qurbonov mazkur lavozimgacha ham prezident protokoli rahbari sifatida ishlab kelgan.
***
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari:
SULTANOV Xayritdin Madriddinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayter,
***
GULYAMOV Ravshan Ayubovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi,
***
ABDURAXMANOV Odil Kalandarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi,
***
KAMILOV Muzaffar Muratovich -Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi
***
XUDAYBERGENOV Tursinxan Aydarovich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi
***
DAVLETOV Ruslanbek Quroltayevich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi
***
Shuningdek, uch maslahatchi oʻrni hozirda vakant. Bular - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimlaridir.
Administratsiya ijro apparatida shuningdek;
Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari - Mavlonov Bekzot Mardonovich
+++
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi - MAXMUDOV Viktor Vladimirovich
***
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti rahbari - HAYDAROV Zilemxon Haydarovich faoliyat olib boradi.
Administratsiyada shuningdek, oʻrinbosarlar va maslahatchilarning oʻrinbosarlari, yordamchilari, sektor mudirlari, boʻlimlar boshliqlari, markaz rahbarlari kabi lavozimlar mavjud boʻlib, ular haqida alohida material tayyorlanadi.