REYTING: Bu hafta qaysi amaldorlar korrupsiya bilan qo`lga tushdi?

08.11.2022 10:35

Haftaning korrupsioner amaldorlari

Rost24.uz sayti bir hafta davomida korrupsiya bilan qo`lga tushgan, shu hafta ommaga oshkor qilingan mansabdorlarning ro`yxatini to`pladi. Ular orasida hokim, hokim o`rinbosari, prokuror yordamchisi, adliya xodimlari ham bor.

HOKIM O`RINBOSARI

O`tgan haftaning kundalik xabari Urganch tumanidan boshlanadi. Tuman hokimi o`rinbosari 43 ming dollar pora bilan ushlangan «Chorvanasl» markazining Urganch tumani etakchi mutaxassisi T.M. fuqaro N.ning fermer xo`jaligiga tegishli 50 gektar er maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarib olib, keyinchalik uning nomiga yangi fermer xo`jaligi tashkil etib, ushbu er maydonini qayta rasmiylashtirib berish evaziga 80 ming dollar talab qilib, shundan 60 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

PROKUROR YoRDAMChISI

Piskent tuman prokurori yordamchisi 1,5 ming dollar pora bilan qo`lga olingan. Piskent tumani prokurorining yordamchisi 1 noyabr kuni sudda ko`rilayotgan jinoyat ishi bo`yicha sudya orqali sudlanuvchiga engil jazo tayinlanishini va`da qilib, evaziga firibgarlik yo`li 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

ADLIYa XODIMI

Toshkent viloyatida qayd etilgan holatda Olmaliq shahar adliya bo`limi xodimi mahalliy fuqaroni Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo`lgan Olmaliq shahridagi maktabgacha ta`lim tashkiloti mudirasi ham qo`lga olingan. Keyinchalik, adliya vazirligi xodimning avval ishdan bo`shatilganini aytib, adliya xodimlari poradan toza ekanini aytib chiqdi.

HOKIM

Taxiatosh tumani hokimi I.Matkarimov fermer xo`jaligi rahbaridan firibgarlik yo`li bilan 100 mln. so`m pul olgani holati bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olingan. Jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. 

Rost24.uz sayti korrupsiya, pora holatlari bilan qo`lga tushgan mansabdorlarni jazolangani va jazo muddati to`liq o`talgani yoki muddatdan avval ozodlikka chiqarilgani bo`yicha ham ma`lumotlar berib boradi. 

Bizni kuzatishda davom eting.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
11
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
11.11.2022 17:16
ПОРАХУРЛАРНИ ХАММАСИНИ СТАДИОНГА ТУПЛАБ ХАЛКНИ ОЛДИДА ОТИШ КЕРАК БОШКАЛАРГА САБОК БУЛАДИ!
09.11.2022 02:06
Миллион долларга баҳоланаётган прокурор, судья, ИИ бошлиқларини текширадиган биронта ташкилот борми!? Ёки булар “ ҳалол@ ойлик олиб қурганми!? То Ўзбекистон бўйлаб тозалаш ишлари олиб борилмас экан, бу чораларни барчаси бекор!!!
09.11.2022 01:21
Биз билгандик биз кутгандик
08.11.2022 16:16
Коррупция билан қўлга тушиш ёмон оқибатларга олиб келишини билгандагина бундай холатлар кескин камаяди! Худди Хитойдаги каби, коррупционер айби исботланса отишга хукм қилинади, жазо ижро қилингандан сўнг коррупционер оиласига 2 та ўқнинг пулини тўлаб бериш учун тўлов қоғози келади. Бизда эса коррупцияга қарши хеч қандай жиддий кураш олиб борилмаяпти, хаммаси хўжа кўрсинга, Коррупцияга қарши Агентликнинг фақат номи бор, чунки амалдорларнинг аксарияти шу йўл билан бойлик орттириш билан овора, ўзига қарши қонунлар чиқаришни исташмаяпти. Лекин билишмайдики, халол йўл билан топилмаган бойлик барибир буюрмайди.