“Taniqli adib maxfiy hujjatlarni ochiqlashni so`ramoqda” maqolasiga “O`zarxiv” agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Bugun Rost24.uz saytida e`lon qilingan “Taniqli adib maxfiy hujjatlarni ochiqlashni so`ramoqda” maqolasi yuzasidan “O`zarxiv” agentligi tomonidan alohida nazoratga olgan holda xizmat surishtiruvi tayinlandi. Xizmat surishtiruvi natijalari bo`yicha tegishli axborot taqdim etilishi ma`lum qilamiz.
O`zbekiston tarixiga oid bo`lgan ma`lumotlarni yoritadigan nashrlarni tayyorlash bo`yicha “O`zarxiv” agentligi doimo hamkorlik qilishga va hamkorlik doirasida arxiv hujjatlarini elektron nusxalarini bepul taqdim etish masalasini ko`rib chiqishi mumkinligini ma`lum qilamiz", deyiladi agentlik rasmiy bayonotida.