Tomoshabinlar "O`zbekiston24" haqida qanday fikrda? Milliardlar o`zini oqlayaptimi?

12.10.2022 10:23

O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida jami 26 tele va 16 radiokanal 24 soat faoliyat ko`rsatmoqda.  Kompaniyaga davlat byudjetidan milliardlar ajratilishini odatda milliy manfaatlar targ`iboti va axborot maydonida davlat pozisiyasini saqlab turish bilan izohlashadi.  Bu yil ham 561 milliarddan ko`proq mablag` byudjetdan unga yo`naltirildi. Kompaniyadagi boshqa kanallarga qaraganda «O`zbekiston24»ga bir necha barobar ko`proq mablag` ajratiladi. Chunki, u alohida «rasmiy» maqomga ega. 

Telekanal jurnalistlari ta`rifi bilan aytganda «prezident kanali» bugun eng asosiy axborot manbai vazifasini o`tay olyaptimi?  Asosan yangiliklar jurnalistikasidan iborat telekanal ko`rsatuvlarini xalq bugun orziqib kutyaptimi? Bugun qanchalik ko`rishga arzirli narsalar bor.

Rost24.uz ushbu mavzu yuzasidan kichik so`rovnoma o`tkazdi.

So`rovnoma davomida ko`plab yurtdoshlarimizdan fikrlar olindi. O`zbekiston24 telekanali OAV sifatida davlat va xalq o`rtasida qanchalik ko`prik bo`la olyapti? So`ralganlarning aksariyati ushbu telekanalni ko`rmasligini aytib o`tdi. Sabablar esa turlicha:

- Asosan bir xil narsalar takrorlanadi;

- Ushbu telekanaldagi yangiliklarni xususiy telekanalda kuzatish qiziqroq;

- «O`zbekiston24» telekanalini ko`rishga vaqtim bo`lmaydi;

-Faqat yaxshi joylarni ko`rsatadi, haqiqatdan uzoq;

- reallikdan yiroq, aldov, faqat hukumatni yoqlab chiqayotgan ko`rsatuvlar

- Senzura kuchli…

Yurtdoshlarimiz orasida ushbu telekanalni tomosha qiladiganlarning asosiy qismi yoshi katta qatlamdagi insonlar bo`ldi. Batafsil videoda ko`ring:

Avvalroq, kanalimizda Rossiya propagandasini O`zbekistonga ta`siri haqida tasavvur beruvchi so`rovnoma ham o`tkazgan edik. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
20.10.2022 09:22
Мана сизларга хакикат. Узбекистон 24 канали, бу кузбуямачилик канали, факат Президентга аталган канал деб биламан.
20.10.2022 09:21
Shjk
12.10.2022 19:14
Ўзбекистон 24 какнали фақат халқни алдаш билан шуғулланади, хақиқий хаётни кўчада кўрасан, фарқи ер билан осмонча. Янги Ўзбекистон, 3-ренесанс шу каналда тарғиб қилинади, кўчага чиқсангиз кўплаб баклажка териб кунини кўраётганларни одамларни кўрасан, ахлат контейнерни ичидан сотишга яроқли буюм қидираётган одамларни кўрасан, тиланчилик қилиб юрганларни кўрасан. Ўзбекистон 24 каналини бу кетишда хеч ким кўрмайди, ёлғон маълумотлар хеч кимни қизиқтирмайди.
12.10.2022 16:05
Узбекистон24канали хакикатдан йирок факат амалдорлар манфаатидан келиб чикиб кузбуйамачиликка асосланган вокеа ва ходисаларни еритиб боради,Эфирга узатиш услубиям эскирган зерикарли,Бюжетдан сарфланаетган шунча пул хавога совурилаетгандай ,Энг мухим вокеа ходисаларни тезкорлик билан еритаолмайди,Зеро бу каналда имкониятлар хусусий каналларга нисбатан анча юкори,Качон талабга жавоб берадиган холатда ишлайди бу канал,Тубдан ислохот утказилиши керак ,Нафакат каналда балки бутун МТРК да