Oddiygina tushuntirganda — Davlat amaldori biznes bilan shug`ullanmasligi, nomida biror bir firma bo`lmasligi Qonun bilan belgilab qo`yildi.
Albatta, bu jarayonni ko`pchilik kutayotgan edi. Korrupsiyaning oldini olishda bu Qonun normasi ham qaysidir ma`noda ijobiy hol. Biroq shu amaldor qarindoshi, ya`ni turmush o`rtog`i, farzandlari, kuyovi, quda andasi kabi yaqinlari nomiga mol-mulklarni o`tkazib qo`yaverishi tabiiy hol emasmi? Korrupsiya baribir gullab yashnayveradi-ku.
Yangi qonun bilan amaldorlarni pul o`marishdan tiya olamizmi? Amaldorlarning qarindoshlari nega soliq deklorasiyasini to`ldirmaydi?
Uzoq kutilgan "Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida"gi Qonun e`lon qilindi. U 3 oydan so`ng kuchga kiradi.
Mazkur Qonun qanchalar kuchli? Bu qonun amaldorlarni korrupsiyadan tiyilishga chaqiradimi? Qonunda amaldorlar soliq deklorasiyasini to`ldirishi nazarda tutilgan-ku, ammo uning yaqin qarindoshlarining ham soliq deklorasiyasi shaffof bo`lishi nazarda tutilmagan. Shuningdek, davlat idoralarida amaldorlarning yaqin qarindoshlari bir joyda ishlashi mumkin emasligi ko`rsatilganu, ammo amaldorlarning yaqin qarindoshlari ro`yxati ochiq ma`lumotlar portalida keltirilmagan. Qonundagi ushbu kamchiliklar uni impotent ekanligidan dalolat emasmi?
Ushbu savollar bilan bilan rost24.uz muxbiri Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Otabek Xasanovga murojaat qildi.