“… hali davlat xizmati chinakam xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yo`q”, — Prezident.
Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun g`oyat muhim masala – davlat xizmatini isloh qilish bo`yicha bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishida bu haqida alohida to`xtalgan edi.
Misol uchun, o`tgan yili Xalq qabulxonalariga vazirlik va hokimliklar xodimlarining bilimsizligi va mas`uliyatsizligi haqida 25 mingta, ularning muloqot madaniyati etishmasligi bilan bog`liq 7 mingta shikoyat kelib tushdi.
Eng ko`p shikoyatlar Sog`liqni saqlash, Xalq ta`limi vazirliklari, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari faoliyati bilan bog`liq.
Eslatib o`tamiz, bundan oldin saytimizda "Senat yana trillionlarni o`marganlar ro`yxatini e`lon qildi, yana amaldorlar jazolanmaydimi?" maqolasi e`lon qilingan edi.