O`zbek yigitlarini Rossiya armiyasiga qo`shilishga chaqirgan B.Ismailov, endi o`zini Moskvada o`zbek diasporasi rahbari sifatida e`lon qilmoqchi

08.07.2022 14:18

O`zbek migrantlarini Rossiya armiyasiga qo`shilishga chaqirgan bloger, Moskvada o`zbek diasporasi rahbarligiga ovoz yig`moqda.

Rossiyadagi O`zbekiston fuqarolarini Rossiya armiyasi safida Ukrainaga urushga borishga chaqirgan bloger, yurist Bahrom Ismailov o`zini Moskvadagi o`zbek migrantlari diasporasi rahbari sifatida e`lon qilmoqchi. Uzmigrant telegram va yutub kanali muallifi bo`lgan bu shaxs o`zbek diasporasi rahbari bo`lish uchun o`z sahifalari orqali ovoz yig`moqda. “Bahrom Ismailov Moskvani o`zbek diasporasining rahbari bo`lishiga rozilik bildirasizmi?”, deya yozadi u o`zining telegram sahifasida.

62 ming nafar kanal kuzatuvchilarining 11 ming nafari ovoz berishda qatnashgan bo`lib, ularning aksari (95 foizi) bu taklifni qo`llashini bildirgan. 

Moskvadagi o`zbek diasporasiga rahbarlik qilishni ko`zlagan Bahrom Ismailov o`z sahifalarida asosan Rossiyaning Ukrainaga qilgan urushni yoqlab keladi. Shuningdek, ko`pgina mavzularda Rossiya siyosatini ulug`laydi. Xususan, O`zbekistonda davlat tilini kuchaytirish to`g`risidagi ovoza va qonun loyihalari kun mavzusiga ko`tarilganda, Ismailov rus tilini qo`llab postlar yozgan edi. 

Shuningdek, Ismailov O`zbekiston fuqarolarini Rossiya armiyasiga qo`shilishga chaqirib, buning evaziga Rossiya fuqaroligini olish imkoniyati tezlashishini bildirgan. Biroq, qisqa vaqt ichida ushbu harakat O`zbekiston qonunchiligiga zid ekanligi e`lon qilingach, Bahrom Ismailov o`sha videomurojaatni o`z sahifalaridan olib tashlaydi. Shuningdek, u O`zbekiston fuqarolarini urushga chaqirganini rad etadi.

Bahrom Ismailov o`z kanallari orqali Rossiyadagi o`zbek migrantlarini huquqiy axborot bilan qo`llab keladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
11
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
01.08.2022 15:14
Қандай қилиб аллақачон Россия фуқаросига айланган ва Россиядаги ўзбек мухожирларини Россия армиясига ёллаб, уларни Украинадаги урушга жўнатиш билан шуғулланаётган шахс ўзбек мухожирлари диаспорасига рахбар бўлиши мумкин?
15.07.2022 16:44
Узимизнинг Россиядаги элчихонамиз нега бу холатга аралашмайди, нега бунга хукукий бахо берилмаябди, нахотки катта бир давлатдаги диаспоранинг такдири уз холига ташлаб куйиларкан.
13.07.2022 11:39
Қўлингдан нима ҳам келар, биродар, Ким тинглар пажмурда юрак додини? Сен бошин силамоқ бўлган мазлумлар Яхши кўриб турса ўз жаллодини... Беҳзод Фазлиддин
12.07.2022 00:32
Ўзи борсин мард бўлса.
09.07.2022 05:28
Бу ифлос миллатчи ўрисқулни умуман диаспорага яқинлаштириш керак эмас.