Koreyada ishlash istagidagi bo`lgan fuqarolarimiz uchun o`tkazilayotgan test imtihonlari qanday o`tkazilmoqda?

04.07.2022 12:22

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan Janubiy Koreya respublikasida vaqtincha ishlash istagida bo`lgan mamlakatimiz fuqarolari uchun o`tkazilayotgan «EPS-Topik» test imtihoni jarayonlari bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil qilinadi.

Press-turda ikki davlat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari o`rtasida imzolangan Memorandumga asosan mamlakatimiz fuqarolarini malaka talab etilmaydigan «E-9 ishchi» vizasi bo`yicha Janubiy Koreyada vaqtincha ishlash tartibi belgilangani qayd etilgan holda, mazkur viza orqali ishchi fuqarolar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalariga jalb etilishi ta`kidlandi.

Shuningdek, ushbu davlatga 2020 yildagi pandemiya davrida o`zbekistonlik mehnat migrantlarining oqimi ham sezilarli qisqargan, biroq 2021 yilning 5 noyabr kuni Koreya davlatiga kirishiga ruxsat berilgach, noyabr-dekabr oylarida pandemiya cheklovlari sharoitida jami 915 nafar fuqaro tashkiliy tarzda jo`natilgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylariga kelib esa, Koreyadan mehnat ta`tili olib O`zbekistonga kelgan fuqarolarning 1896 nafari ish joyiga qaytib ketgan hamda shu davrda «E-9» viza turi bo`yicha 2026 nafar fuqaro tashkiliy tarzda yuborilgan. Hozirgi vaqtda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib jarayonlar to`liq tiklangan.

Oldingi ko`rsatkichlarga nisbatan kvotalar soni qisqargani bo`yicha va «imtihondan o`tkazib beraman» qabiladagi aldovlarga ishonib qolayotgan fuqarolar masalasida O`zbekistondagi «EPS-Topik» test markazi rahbari Kvon Taekyom quydagicha javob berdi:

«Yillik kvotalar 3 mingga yaqin edi. Pandemiya davrida ularning soni keskin tushib ketdi. Bu shu yilgi kvotalarimizga ham ta`sir qilgan edi. Albatta, oldingi holatga qaytarish uchun Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bilan birgalikda qattiq ishlashimiz kerak. Yana bir tomondan esa Koreyadagi ish beruvchilar ham aynan o`zbek ishchilarini ko`proq tanlashlari ham bunga ta`sir qiladi. Ular ko`proq tanlashlari uchun esa koreys tilini yaxshi biladiganlarni saralab olishimiz kerak.

Bilasizmi, bandlikka ruxsat berish tizimi shu darajada mukammal qilinganki, bu erda inson omili aralashishi mumkin emas. To`g`ri, men ham tashqarida qanchadir mablag`ga qanchadir mablag` evaziga «imtihondan o`tkazib beramiz» degan kelishuvlar bo`lgani haqida eshitib qolaman. Bu uydirmalarga ishonayotgan fuqarolarimizdan iltimos qilardimki, aldanib qolishmasin, imtihon inson omilisiz olinmoqda. Ya`ni bilimi bor insongina undan o`ta oladi.

Hozirda imtihon topshirayotganlar asosan ishlab chiqarish bo`yicha tuzilgan testlarni echishmoqda. Imtihondan so`ng ballariga qarab, ularga ish beruvchi tomonidan shartnoma qog`ozi keladi».

Ma`lumot berishicha, 2022 yil 28 aprel kunida koreys tili bo`yicha «EPS-Topik» hamda malaka test imtihonlarida ishtirok etish uchun 18 yoshdan 39 yoshgacha bo`lgan 16 601 nafar nomzod labormigration.uz dasturiy majmuasidan ro`yxatdan o`tgan, shundan 1391 nafari talablarga mos kelmagani sababli qabul qilinmagan.

Shunday qilib, barcha talablarga muvofiq ro`yxatdan o`tgan nomzodlar uchun 2022 yil 2 iyun kuni Toshkent shahrida koreys tilidan «EPS-Topik» test imtihoni boshlandi. Bu 15 iyulgacha davom etadi.

Ta`kidlash joizki, ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar malaka test imtihonlaridan ham o`tishi lozim.

Ma`lum qilinishicha, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolarni Janubiy Koreya respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi va fuqarolarni koreys ish beruvchilari tomonidan tanlash jarayonlarida Agentlikning hech qanday ishtiroki mavjud emas.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
35
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
13.12.2022 14:38
2 bora koreaga qonuni borib kelgan fuqarolarga yana imkoniyat yaratilganmi yoqmi
28.11.2022 16:02
Necchi yoshdan olishadi
06.11.2022 06:19
Мен кареяга ишга кетмокчиман
01.11.2022 22:39
Hamma joyda hamisha karrupsiya hamon
01.11.2022 22:38
Salom
01.11.2022 22:37
Imtixon javoblari juda sekin chiqdi , kopchilikning fikricha natijalar chiqginicha kopchilikning hamyonlari tolgan ya'ni pul rol oynadi va natijalar sotildi korgani abetdan keyingi imtixon javoblari qolda tarqalgan momay pul evaziga
25.10.2022 19:12
Ёшим 48 да 2003 кареядан кеганман яна кетишим учун нима килишим керак шартнома билан кета оламанми
21.09.2022 17:38
Asalomu alekim yaxshimiszlar. Koreyaga borib kelganlardi imtixon kunlari qachon. Chiqadi 26chidan imtixonlar boshlanadi
13.09.2022 13:18
Хакикат йук
07.09.2022 01:28
Мен кореяга ишга боришим учун нима ишлар килишим керак ёшим 41 1981 кореяга ишга боришим мумкинми
18.08.2022 02:15
Иш
14.08.2022 17:29
Ассалому алайкум мен Корея давлатига ишлаш учун бормокчиман кандай килиб сизларга богланиб ишлаш учун кетсам булади олдиндан рахмат сизларга
06.08.2022 18:36
Карейс тилини узлари оргатиб ишга олиб кетадган жетон ютиш хакда ешитгандим шунга кандай харакат килиш керак
25.07.2022 03:06
Assalomu aleyküm ish masalasida bezovta qilyapman
12.07.2022 21:55
Мен хозр туркдаман бу ердан хам кетса буладими мени ёшим 35ёш
05.07.2022 00:53
ASSALOMU alaykum man MURODOB RAHIMJON Kariyga qandae borsam bôladi iltimos ishlashga yshim 44 1978 da
05.07.2022 00:51
ASSALOMU alaykum