Benzin narxi oshdi — "O`zbekneftgaz" rahbarlari esa izoh uchun xalqqa yana bir yolg`onni to`qidi

28.05.2022 08:05

Eng katta korrupsiya o`choqlaridan biri bo`lgan "O`zbekneftgaz» tizimi va rahbariyati jamoatchilikni nega aldamoqda?


Mutasaddilar bu yolg`on izohlari va aldovlari yuzasidan ham jamoatchilikka izoh berishi kerak

Dekabrdan beri ilk bor «O`zbekneftgaz» kompaniyasiga qarashli yoqilg`i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi 6800 so`mgacha (4,3%) ko`tarildi. Kompaniya buni import qilinayotgan 30 foiz neft mahsulotlarining jahon bozorlaridagi narxi oshgani bilan izohladi. Biroq, bunga qadar «O`zbekneftgaz» vakillari AI-80 benzini mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarilishini aytgandi.


«Gazeta.uz» sayti to`plagan ma`lumotlarda yozilishicha, «O`zbekneftgaz»ga qarashli AYoQShlarda AI 80 markali benzin narxi 4,3 foizga — 6500 so`mdan 6800 so`mgacha ko`tarildi, deb xabar berilgan. Benzin narxi 2021 yilning dekabridan beri ilk marta oshdi.

Yil boshidan beri birjada ushbu marka benzinning narxi 21,1 foizga — 6,88 mln so`mdan 8,34 mln so`mgacha oshgan.

«O`zbekneftgaz» matbuot xizmati yilning dastlabki 4 oyligida kompaniya tasarrufidagi neftni qayta ishlash zavodlari ishlab chiqarilgan AI-80 rusumidagi avtobenzin birja savdolarida bir tonnasi uchun 3 mln. so`m boshlang`ich narxlarda qo`yilib kelingan bo`lsa, talabgorlar tomonidan har bir tonnasi o`rtacha 7,8 mln so`mdan sotib olingan.

May oyida esa boshlang`ich narx o`zgarmagan holda tonnasi 8,8 mln. so`mdan sotib olingan. Sotib olish narxi 1 mln. so`mga ko`p yoki 13 foizga oshgan.

«O`zbekneftgaz» birjada savdoga chiqarilayotgan avtobenzin iste`molchiga etkazib berilgunga qadar «soliq, rentabellik, transport xarajatlari va boshqa xarajatlar» borligini ham inobatga olish lozimligini ta`kidladi.

Yanvar-aprel oylarida «O`zbekneftgaz» AJ tomonidan 314,2 ming tonna ishlab chiqarilgan bo`lib, birja savdolari orqali 305,3 ming tonna sotilgan. Ushbu davrda jamiyat tasarrufidagi neftni qayta ishlash zavodlarida jami 531,1 ming tonna xom ashyo qayta ishlangan bo`lib, shundan 103,7 ming tonnasi import xom ashyolar ulushiga to`g`ri keladi 2021 yilning shu davriga nisbatan 32,8 ming tonna ko`p.

Yil boshidan Evropa davlatlarida sodir bo`layotgan geosiyosiy voqealar fonida jahon neft bozorida 1 barrel Brent neftning o`rtacha narxi 27,5 foizga — 87,2 dollardan may oyi boshida o`rtacha 111,1 dollargacha o`sdi.

Qo`shni davlatlarda avtobenzin narxlari Turkmanistonda — 0,2%, Qozog`istonda — 13,9%, Qirg`izistonda — 17,7%, Rossiyada — 63,2% o`sdi.

Eslatib o`tamiz, bundan oldin saytimizda «O`zbekneftgaz»da to`xtamayotgan korrupsiya benzin narxining keskin o`sishiga sabab bo`lmoqda...(mi?), maqolasi e`lon qilingan edi. Unda tizimdagi korrupsion holatlar ham bayon etilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
30.05.2022 23:49
Оббооо, шу Анора Содиқова ёмонам шошқалоғда. Тўхтаб туринг ахир Анораҳон, тўрт-беш кун ўтсин, иннайкейин мазкур вазирлик "Шунақа бўб қолди" деб қўйишни ўрнига саккиз бетлик жавоб ҳати таёрлайди ва сайтда чиқаради. Гарчанд уни ичида бир қаториям мавзуга тегишли бўлмасада, лекин халқнинг эътирозига жавоб тариқасида оммага эълон қилинади...