Seldan ziyon ko`rgan «Egizbuloq» mahallasida yangi uy-joylar quriladi

25.05.2022 16:54

Forish tumani «Egizbuloq» mahallasida 2022 yil 20 aprel kuni sodir bo`lgan sel natijasida talofat ko`rgan oilalar uchun yangi uy-joylar qurilishi boshlandi, deb xabar bermoqda Jizzax viloyat hokimligi axborot xizmati.

Ushbu oilalar uchun er maydonlari ajratilib, 20 ta zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi.
Shuningdek, seldan qisman talofat ko`rgan 96 ta uy-joylarda hukumatimiz qaroriga asosan rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Ma`lumot uchun: 20 aprel kuni soat 15:00 atrofida Forish tumanidagi Egizbuloq mahallasida Nurota tog` tizmasi tomonidan sel kelgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabarida bunga kuchli yomg`ir sabab bo`lganini qayd etildi. Oqibatida bu erda 5 kishi, shu jumladan ikki nafar yosh bola halok bo`lganligi aytildi. Bundan tashqari, 53 ta xonadon to`liq talofat ko`rgan edi
Forishda bunday sel oqimlari bundan taxminan 80 yillar avval kuzatilgan.


Eslatib o`tamiz, Rost24.uz muxbirlari voqeadan so`ng hududga borib reportajlar tayyorlashgan edi. Aholi vakillari o`sha vaqtda nafaqat uy joylari, balki katta mablag`lar va mehnat sarflab yaratgan bog`u-rog`lari, xo`jaliklari, mol-xol, hosillari, bir so`z bilan aytganda yashash uchun daromadlaridan ham ayrilganini ma`lum qilishgan.


 




 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
26.05.2022 13:23
Sardobani ko`rib havasim kelgan, qaniydi bizda ham shunaqa qurilishlar bo`lsa edi deb havas qilgan edim. Buning uchun falokat bo`lishi sart emasku, Xudo asrasin