O`zbekistonda 280 ming nafar, ya`ni 56 foiz o`qituvchilar salohiyati talab darajasida emas

04.05.2022 08:16

Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov maktablardagi o`qituvchilarning salohiyati talab darajasida emasligini tan olmoqda

Yangi vazir bu muammoni bartaraf eta oladimi?

3 mln.ga yaqin o`quvchi-bolalarda yuqori malakali o`qituvchidan ta`lim olish imkoniyati mavjud emas, deyayotgan Xalq ta`limi vazirligi nima qilmoqda?

Joriy yil 30 aprel sanasida Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov o`z rasmiy sahifasida xalq ta`limidagi ba`zi bir muammolarni haqiqatda bor ekanini "tan olgan" mazmunda fikrlarini bayon etdi.

O`z fikrlarida maktabdagi ta`lim sifati, eng avvalo, shu maktabda ishlayotgan o`qituvchilar sifati va saviyasiga bog`liqligini vazir tan olmoqda.

"Dastavval, maktabda ta`lim sifati eng avvalo shu maktabda ishlayotgan o`qituvchilar sifati va saviyasiga bog`liq. Zero, ta`lim sifati – o`qituvchi sifatidan yuqori bo`la olmaydi.

Bugungi kunda respublika maktablarida 504 ming nafar o`qituvchilarimiz faoliyat yuritadi. Ularning 280 ming nafardan ortig`i, ya`ni 56 foiz o`qituvchilarimizning salohiyati talab darajasida emas.

Bu degani deyarli 3 mln.ga yaqin o`quvchi-bolalarda yuqori malakali o`qituvchidan ta`lim olish imkoniyati mavjud emas.

Shundan kelib chiqib, vazirlik birinchi galda maktablarda faoliyat yuritayotgan o`qituvchilarning sifat tarkibini yaxshilash va ularning doimiy malakasini oshirish, ular uchun uzluksiz metodik yordam ko`rsatish tizimini joriy etish bo`yicha vazifalar belgilab oldi", demoqda vazir.

Vazir Baxtiyor Saidov o`zi tan olgan muammo echimini ham berishga umid qilamiz... Ko`ramiz, kuzatamiz.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
04.05.2022 14:55
B. Saidov bu lavozimga nina uchun tayinlandi. U pedogogika sohasida qanday karomat ko'rsatgan?