TANIShTIRUV: Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning 8 nafar o`rinbosari

23.04.2022 12:30

Yoxud eng yosh vazirliklardan biri hisoblangan O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirining o`rinbosarlari kimlar?

O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi 2018 yil 28 yanvarda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etilgan. 

Vazirlikning asosiy vazifasi quyidagicha: Vazirlik yagona davlat investisiya siyosatini amalga oshirish, xorijiy, birinchi navbatda, to`g`ridan to`g`ri investisiyalarni jalb qilishni muvofiqlashtirish, xalqaro moliya institutlari (boshqaruv ofislari) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlik, respublikaga tashqi beg`araz ko`mak mablag`larini (grant, texnik ko`mak, maqsadli beg`araz yordam) jalb qilish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirish uchun mas`ul vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Ushbu vazirlik tashkil topgan vaqtda Sardor Umurzakov vazir etib tayinlangan edi. Bugungi kunda ham aynan shunday. Yangi vazirlik boshqa rahbar ko`rgan emas hali. 

Xo`sh, 4 yildan beri vazir sifatida ishlab kelayotgan Sardor Umurzoqovning o`rinbosarlari kimlar?

O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Umurzakov Sardor

 

  1. Investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o`rinbosari - Kudratov Laziz

 

2. Investisiyalar va tashqi savdo vaziri o`rinbosari Voitov Aziz

 

3. Investisiyalar va tashqi savdo vaziri o`rinbosari - Abidov Badriddin

 

4. Investisiyalar va tashqi savdo vaziri o`rinbosari Vafaev Shuxrat

 

5. Investisiyalar va tashqi savdo vaziri o`rinbosari Rahimov Baxtiyor

 

6. Investisiyalar va tashqi savdo vaziri o`rinbosari Rustamov Olimxon

 

7. Investisiyalar va tashqi savdo vaziri o`rinbosari Teshabaev Xurram

 

8. Investisiyalar va tashqi savdo vaziri o`rinbosari Choriev Otabek

 

Ma`lumot o`rnida, 2022 yil 15 aprel kuni videokonferensiya shaklida "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining 8-yig`ilishi bo`lib o`tdi. Ushbu yig`ilishda Abdulaziz Komilovning o`rniga Sardor Umurzakov ishtirok etgan. Abdulaziz Komilov betobligi sababli, chet elga davolanishga ketgandan buyon hali-xanuz Tashqi ishlar vaziri to`g`risida hech qanday ma`lumot e`lon qilinmadi. 

Eslatib o`tamiz, bir necha kun oldin Sardor Umurzakov Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlanishi mumkin degan norasmiy xabarlar ham ba`zi kanallarda e`lon qilindi.  Bu xabarlar hali rasman tasdiqlanmagan. 

*****

Bundan oldin quyidagi yuqori tashkilotlar tuzilmasi haqida ma`lumot bergan edik: 

TANIShTIRUV: Prezident Administrasiyasi rahbariyatida kimlar ishlaydi?

TANIShTIRUV: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari kimlar? 

TANIShTIRUV: O`zbekiston Prezidenti maslahatchilarining 19 nafar o`rinbosari bor 

TANIShTIRUV: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida kimlar ishlaydi?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
09.05.2022 18:18
Ўринбосарлар республикада кўпайиб кетди😂хаммаси пора билан қўлга тушяпди занғар😂