O`zbekiston Oliy sudi oqlagan 115 nafar vatandosh nomi to`liq e`lon qilindi

23.09.2021 07:44

Rost24.uz axborot-tahliliy sayti Sovetlar davrida mustaqilligimiz uchun kurashib, tarixda “bosmachilar” nomi bilan qoralangan va qatag`on qilingan vatanparvarlarimiz nomini oqlash bo`yicha quyidagi mavzuda materiallar e`lon qilgan edi.

1. “Oliy sudga e`tiroz: Nega 30 yildan buyon millatimiz qahramonlarini oqlamayapsiz?”

2. Millatimiz qahramonlari oqlanadimi? Rost24.uz ko`targan masalaga Oliy sud munosabat bildirdi

3. “Oliy sud O`zbekistonning qatag`on va paxta ishi qurbonlarini oqlamoqchi”

Joriy yil 24 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy sudida 115 nafar shaxs nomi kiritilgan 6 ta jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko`rib chiqilib, oqlandi.

Oqlanganlarning to`liq ro`yxatini e`lon qilamiz:

1.Ibragimbek Chakabaev – 1889 yilda Tojikiston SSR, Lokay-Tojik viloyati, Koktash qishlog`ida tug`ilgan, o`zbek, ma`lumotli, oilali, boy va amirlik amaldorining o`g`li bo`lgan. 1921-1926 yillarda “Vost. Buxare” “bosmachilik” harakatiga rahbarlik qilgan;

2.Suleyman Salaxutdinov (Ishan Sudur) – 1878 yilda Buxoro shahrida tug`ilgan, tojik, Buxoro Shayxulislomining o`g`li;

3.Ishan Isaxan Mansurxanov – 1884 yilda tug`ilgan, Tojikiston SSR Chipturin tumani, Qayrag`och qishlog`ida yashagan, o`zbek, oilali, ma`lumotli, Amirlik amaldorining o`g`li bo`lgan, 500 kishilik “Bosmachi” guruhlarini boshqargan;

4.Adbukayum Parvanachi Ulaev – 1885 yilda Tojikiston SSR Kungurt tumani, Dang`ara qishlog`ida tug`ilgan, o`zbek, oilali, ma`lumoti yo`q, yirik boy, Amirlik amaldori bo`lgan, Sharqiy Buxorodagi “Bosmachi”lar harakati tashkilotchisi bo`lgan;

5.Mirzakayum Cherov – 1898 yilda Tojikiston SSR Kungurt tumani, Sari-Yob qishlog`ida tug`ilgan, o`zbek, oilali, ma`lumotli, Ibragim bekning shaxsiy kotibi vazifasini bajargan.

6.Kur Artk Ashirov – 1892 yilda Tojikiston SSR, Qizil-Mozor tumani, Sasi-Bulak qishlog`ida tug`ilgan, o`zbek, oilali, ma`lumotsiz, chorvador boy bo`lgan;

7.Alimardan Datxo Muxamedov – 1888 yilda tug`ilgan, Tojikiston SSR, Beshbuloq qishlog`ida yashagan, o`zbek, oilali, ma`lumotsiz, Amirlik yirik amaldorining o`g`li, Ibragimbek Chakabaevning maslahatchisi bo`lgan;

8.Mulla Niyaz Parvanachi Xakimov – 1879 yilda tug`ilgan, Tojikiston SSR, Shaxrina tumani, Iskich qishlog`ida yashagan, tojik, oilali, ma`lumotli, Amirlik amaldori bo`lgan;

9.Tashmat Xodjaberdiev – 1885 yilda Tojikiston SSR Xisor tumani, Karamanko`l qishlog`ida tug`ilgan, o`zbek, oilali, ma`lumotsiz, Amirlik amaldori bo`lgan;

10.Mulla Axmad Biy Saidov – Tojikiston SSR, Kungurt tumani, Munduk qishlog`ida yashagan, oilali, ma`lumotli, Amirlik amaldori bo`lgan;

11.Kugan Kendjaev – 1904 yilda Tojikiston SSR, Kungur tumani, Qizil-Qiya qishlog`ida tug`ilgan, Tutkaul qishlog`ida yashagan, oilali, ma`lumotli, Amirlik amaldori va yirik boy oilasidan chiqqan;

12.Kugan-bek Shiraliev – 1898 yilda Tojikiston SSR, Lokay-Tojik tumani, Sho`rchi qishlog`ida tug`ilgan, o`zbek, oilali, ma`lumotsiz, Amirlik amaldorining o`g`li, 100 kishilik “Bosmachi” to`dasiga rahbarlik qilgan;

13.Alyat Palvan Ilmirzaev – 1890 yilda tug`ilgan, Tojikiston SSR Qizil-Mozor tumani, Uruldi qishlog`ida yashagan, o`zbek, ma`lumotsiz, oilali, to`da boshlig`i bo`lgan;

14.Ishan Palvan Baxadur Zade – 1888 yilda tug`ilgan, Kabadian tumanida yashagan, o`zbek, ma`lumotli, oilali, “Bosmachi” to`dasiga rahbarlik qilgan;

15.Sha Xasan Imankulov – 1894 yilda tug`ilgan, Tojikiston SSR Lokay-Tojik tumani, Taushar qishlog`ida yashagan, tojik, oilali, ma`lumotsiz, Qo`rboshi Bobojonning yordamchisi bo`lgan;

16.Azim Marka Astanakulov – 1881 yilda tug`ilgan, Tojikiston SSR Lokay-Tojik tumani, Koktash qishlog`ida yashagan, o`zbek, oilali, ma`lumotsiz, Marka sulolasining yirik vakili.

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1930 yil 27 oktyabrdagi qaroriga ko`ra:

17.Sultanov Gafur – 1893 yilda Toshkent viloyati,Qibray tumanida tug`ilgan, o`zbek, SSSR fuqarosi, oilali, to`rt nafar farzandi bor, dehqon,Toshkent viloyati,Qibray qishlog`ida yashagan, 1930 yil 1avgustda qamoqqa olingan.

SSSR Oliy sud harbiy hay`ati sayyor sudining 1938 yil 9 oktyabrdagi hukmiga ko`ra:

18.Kiramov Kivam – 1905 yilda Buxoroviloyati,Buxoro shahrida tug`ilgan, o`zbek, SSSR fuqarosi, ma`lumoti o`rta, oilali, Toshkent shahridagi Fanlar Komiteti nashriyoti sobiq texnik redaktoribo`lib ishlagan,Toshkent shahri,Oktyabr rayoni, Proletar mahallasi, 51-uyda yashagan, 1937 yil 4sentyabrda qamoqqa olingan.

1930 yil 27 oktyabrdagi Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashi bayoniga ko`ra:

19.Nasrxan Tyurya Said Kamalxan Tyuryaev – 1874 yilda Kosonsoy tumanida tug`ilgan, millati tojik, O`zSSR fuqarosi, 4 nafar oilasi bor, ma`lumoti oliy, OGPU hay`atining qaroriga ko`ra 1925 yildan 1928 yilga qadar qamalda bo`lgan, mudaris, fevraldan oktyabr revolyusiyalari davrida Namangan shahar dumasida faoliyat yuritgan, Qo`qon avtonomiyasi sobiq ministri, Namangan diniy boshqarmasi sobiq raisi bo`lgan, Koson shahrida yashagan, 1930 yil 16 iyulda qamoqqa olingan.

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybdor deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

20.Xasanbay Rustamov – 42 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`i ahli, qipchoq, O`zSSR fuqarosi, boyning o`g`li, mulkiy holatiga ko`ra o`ziga to`q, qishloqdoshlarining gapiga ko`ra muqaddam ot o`g`riligiga aloqador, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`ida yashagan, qamoqqa olingan vaqti haqida ma`lumot yo`q;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

21.Mad Ibragim Urumbaev – 70 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`i ahli, qipchoq, O`zSSR fuqarosi, oilali, savodsiz, boylardan, sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`ida yashagan, 1930 yil 31 mayda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

22.Toxtasun Baltabaev – 27 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, boy, er reformasi bo`yicha kesilgan, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Uychi qishlog`ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

23.Djurabay Kar Isxakov – 39 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, oilali, savodli, 1929 yil oxiriga qadar savdo bilan shug`ullangan, o`z do`koniga ega bo`lgan, 1929 yilda paxta kam topshirgani uchun sudlangan, Namangan tumani Uychi qishlog`ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

24. Israil Xodja Sarmsak Xodjaev – 41 yosh, Kosonsoy tumani Buloqboshi qishlog`i ahli, tojik, O`zSSR fuqarosi, N.Tyuryaevning shogirdi, imom, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan.

25. Xodjibay Abdubaev – 42 yosh, Chust-Pop tumani Kaklik-Qo`rg`on qishlog`i ahli, qipchoq, O`zSSR fuqarosi, sobiq boy o`g`li, revolyusiyaga qadar qishloq oqsoqoli bo`lgan, savodsiz, oilali, javobgarlikka tortilgan, Chust-Pop tumani Kaklik-Qo`rg`on qishlog`ida yashagan, 1930 yil
11 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 14-78-moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

26.Muxammadiev Axmadsha – 67 yosh, Namangan shahri ahli, sobiq savdogar, uy egaligi ijarasidan tushgan pulga yashaydi, diniy maktabni tamomlagan, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

27. Mulla Samiulla Safiullaev – 54 yosh, Namangan shahri ahli, tatar, O`zSSR fuqarosi, diniy ta`limot olgan, sobiq katta er egasi, er reformasida kesilgan, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybdor deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

28.Mansurbay Shirgaziev – 63 yosh, Namangan tumani Qizil Qiyak qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, masjid oqsoqoli, savodsiz, oilali, uyiga ega, hunarsiz, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

29. Xadjixan Kanoatov – 37 yosh, Yangiqo`rg`on tumani, Kushon qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, eshon o`g`li, ma`naviy faoliyat bilan shug`ullangan, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybdor deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

30. Ishan Dadaxan Nasrxanov – 24 yosh, Kasansoy tumani, Kasana shahri ahli, tojik, O`zSSR fuqarosi, oilali, Nasirxan Tyurya o`g`li, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

31. Gumbin Ignatiy – 38 yosh, Qizil jar tumani, Karvon qishlog`i ahli, qirg`iz, Qirg`iz ASSR fuqarosi, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib,otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

32. Mulla Abdulla Madkarimov – 33 yosh, Kasonsoy tumani, Kokumbay qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, madrasada o`qigan, dehqonchilik bilan shug`ullanadi, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-64, 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

33.Xalmirza Umurzakov – 47 yosh, Kasonsay tumani Kokumbay qishlog`i ahli, qipchoq, O`zSSR fuqarosi, boy, savodsiz, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 1464, 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

34.Abbasxan Kar Aziz Xodjaev – 26 yosh, Kason shahri ahli, tojik, O`zSSR fuqarosi, madrasada o`qiydi, qori, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 78 moddasi bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

35.Xamra Xodja Mallya Xodjaev – 48 yosh, Yangiqo`rg`on tumani, Bekobod qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, savodli, boy, namanganlik eshon Akram Xan Tyura ukasi, oilali;

O`zbekiston SSR JK 78-moddasi bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

36. Xuday Nazar Umurzakov – 37 yosh, Kasonsoy tumani, Kokumbay qishlog`i ahli, qipchoq, O`zSSR fuqarosi, diniy maktabda o`qigan, qishloq magazini mudiri, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-64, 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

37.Abdu Gani Sadkbaev – 24 yosh, Kasonsoy tumani, Kokumbay qishlog`i ahli, qirg`iz, O`zSSR fuqarosi, oilali, boyni bolasi, otasining uyida ishlaydi, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-64, 14-78 moddalari bilan aybli deb topiilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

38.Akramxan Tyurya Mallya Xodjaev – 76 yosh, Namangan shahri ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, mudarris, oilali, 1929 yilda bosmachilikka aloqadorlik bo`yicha gumonlangan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

39. Atantay Satlganov – 56 yosh, Qizil jar tumani, Karvon qishlog`i ahli, savodsiz, qirg`iz, Qirg`iz ASSR fuqarosi, oilali, cho`pon, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib,otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

40.Madat Babakulov – 48 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`i ahli, qipchoq, O`zSSR fuqarosi, o`ziga to`q dehqon, qishloq xo`jaligi mollarining olib sotish bilan shug`ullangan, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`ida yashagan, 1930 yil 31 mayda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

41.Raimbay Urumbaev – 41 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`i ahli, qipchoq, O`zSSR fuqarosi, boyning o`g`li, mulkiy holati bo`yicha o`rta holdagi dehqon, oldingi bosmachi, savodsiz, oilali (ikki nafar oilasi bor), sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`ida yashagan, 1930 yil 30 mayda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybdor deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

42.Abdujalil Mamatshaev – 32 yosh, Yangiqo`rg`on tumani Kushan qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, o`rta holdagi dehqon, oilali, chala savodli, “xalta-ko`ynak”, muqaddam sudlanmagan, Yangiqo`rg`on tumani Kushan qishlog`ida yashagan, 1930 yil 31 mayda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

43.Yuldashev Mulla Tadjibay – 36 yosh, Koson shahri ahli, tojik, O`zSSR fuqarosi, N.Tyuryaevning shogirdi, diniy shaxs, oilali, sudlanmagan,

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

44.Mulla Fazl Babamuxamedov – 28 yosh, Namangan tumani Uychi-Lyaskidan qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, N.Tyuryaevning shogirdi, “xalta-ko`ynak”, savodli, moddiy axvoli o`rta hol, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

45.Mulla Nugman Karimov – 33 yosh, Namangan shahri ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, Nasirxan Tyurya o`quvchisi, savodi bor, xunarmand, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

46.Mulla Usman Kar Dadabaev – 28 yosh, Namangan tumani, O`rta-mashad qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, imom, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

47.Mulla Sabit Tashmatov – 36 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, o`ziga to`q, diniy maktabda ta`limot olgan, oilali, “xalta-ko`ynak”, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Uychi qishlog`ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

48.Muxamed Sadk Maxmudbaev – 30 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, oilali, chala savod, savdo bilan shug`ullangan, o`z do`koniga ega bo`lgan, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Uychi qishlog`ida yashagan, qamoqqa olingan vaqti haqida ma`lumot yo`q;

O`zbekiston SSR JK 58-67-moddalari bilan aybli deb topilib, 8 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

49.Abduxalil Abdurazakov – 42 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, sobiq bosmachi, o`rta holdagi dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Uychi qishlog`ida yashagan, qamoqqa olingan vaqti haqida ma`lumot yo`q;

O`zbekiston SSR JK 58-67-moddalari bilan aybli deb topilib, 8 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

50. Mulla Israil Sadkbaev – 26 yosh, Uzun-qishloq qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, kelib chiqishi diniy oiladan, dehqonchilik bilan shug`ullangan, o`rta hol, bo`ydoq, muqaddam sudlanmagan, Uzun-qishloq qishlog`ida yashagan, 1930 yil 27 mayda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 8 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

51.Allyaxan Abdulla Xodjaev – 35 yosh, Kosonsoy tumani Koson qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, dinchining o`g`li, imom, oilali, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Koson qishlog`ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 8 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

52. Mama Zakir Shukurbaev – 35 yosh, Namangan tumani Yastepa qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, o`rta holdagi dehqon, ikki nafar oilasi bor, savodsiz, sobiq bosmachi, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 8 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

53. Xasan Xan Nasrxan Tyuryaev – 18 yosh, Kason shahri ahli, tojik, O`zSSR fuqarosi, Nasirxan Tyurya o`g`li, muqim ish joyi yo`q, madrasada o`qiydi, bo`ydoq, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 6 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

54.Abdulla Kar Katta Sheyxov – 25 yosh, Namangan tumani, Mashad qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, madrasa mullasi, bo`ydoq, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 6 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

55.Imam Ali Kasmbaev – 30 yosh, Kosonsoy tumanida tug`ilgan, ahli qipchoq, O`zSSR fuqarosi, o`rta holdagi dehqon, savodsiz, oilali, sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodra qilingan;

56. Mamed Ali Said Muratov – 20 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`i ahli, qipchoq, O`zSSR fuqarosi, o`ziga to`q dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`ida yashagan, 1930 yil 7 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

57.Axmed Ali Said Muratov – 26 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`i ahli, qipchoq, O`zSSR fuqarosi, o`ziga to`q dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`ida yashagan, 1930 yil 7 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

58.Damulladjan Abulkasmov – 29 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`i ahli, qipchoq, O`zSSR fuqarosi, o`rta holdagi dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

59.Mulla Turd Ashirmatov – 40 yosh, Yangiqo`rg`on tumani Kushan qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, dehqonchilik va diniy faoliyat bilan shug`ullangan, oilali, savodli, muqaddam sudlanmagan, Yangiqo`rg`on tumani Kushan qishlog`ida yashagan, 1930 yil 27 mayda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

60.Mulla Djurabay Bachebaev – 32 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, oilali, savodli, hech qanday hunarga ega bo`lmagan, “xalta-ko`ynak”, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Uychi qishlog`ida yashagan, qamoqqa olingan vaqti haqida ma`lumot yo`q;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

61.Abdul Axad Nishanbaev – 25 yosh, Kosonsoy tumani Uzun-qishloq qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, mulla bacha, bo`ydoq, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Uzun-qishloq qishlog`ida yashagan, 1930 yil 5 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

62.Abduxalk Abdugafarov – 29 yosh, Yangiqo`rg`on tumani Yangiqo`rg`on qishlog`i ahli, O`zSSR fuqarosi, bo`ydoq, savodli, imom, bachabozlik gumoni bo`yicha sudlangan, Yangiqo`rg`on tumani Yangiqo`rg`on qishlog`ida yashagan, 1930 yil 5 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 14-78-moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

63.Saydulla Maksudov – 25 yosh, Chust shahri ahli, tojik, O`zSSR fuqarosi, diniy ta`limotchining o`g`li, etikdo`z, oilali, savodli, muqaddam sudlanmagan, Chust shahrida yashagan, 1930 yil 5 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 78-moddasi bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

64.Dada Xodja Appak Xodjaev – 60 yosh, Kasana shahri ahli, tojik, O`zSSR fuqarosi, savodli, diniy maktabda o`qigan, “xalta kuynak”, mayda savdogar;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

65.Mad Ibragim Baratbaev – 45 yosh, Kasana shahri ahli, tojik, O`zSSR fuqarosi, Nasirxanning o`quvchisi, mudarris, imom, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

66.Mulla Abdulxay Kar Dadabaev – 25 yosh, Kasana shahri ahli, tojiq, O`zSSR fuqarosi, diniy ta`lim bilan shug`ullanadi, qori, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

67.Zikriya Xodja Akramxanov – 25 yosh, Namangan shahri ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, Akramxon Tyurya o`g`li, bo`ydoq, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

68.Mulla Alixan Azizbaev – 25 yosh, Namangan tumani, Mashad qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, o`rtaxol dehqon, diniy maktabda o`qigan, bo`ydoq, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

69. Karimbay Saidbaev – 41 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`i ahli, qipchoq, O`zSSR fuqarosi, dehqon, kambag`al, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybdor deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

70.Xashimbay Xakimbaev – 35 yosh, Yangiqo`rg`on tumani Kushan qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Yangiqo`rg`on tumani Kushan qishlog`ida yashagan, 1930 yil 27 mayda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

71.Tyuryabay Kadrkulov – 38 yosh, Yangiqo`rg`on tumani Kushan qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, oilali, savodsiz, kambag`al, muqaddam 1937 yilda suv mojarosi bo`yicha sudlangan, Yangiqo`rg`on tumani Kushan qishlog`ida yashagan, 1930 yil 31 mayda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

72.Mamarasul Tyuryabaev – 27 yosh, Yangiqo`rg`on tumani Kushan qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, o`rta holdagi dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Yangiqo`rg`on tumani Kushan qishlog`ida yashagan, 1930 yil 1 iyulda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67-moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

73. Ata Mirza Abduraximov – 26 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog`i ahli, O`zSSR fuqarosi, oilali, savodsiz, kambag`al dehqon, er reformasi vaqtida 16 tanop er olgan, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Uychi qishlog`ida yashagan, qamoqqa olingan vaqti haqida ma`lumot yo`q;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

74. Baxram Maksudov –  48 yosh, Kosonsoy tumani Chombosh qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, o`ziga to`q dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Chombosh qishlog`ida yashagan, 1930 yil 21 mayda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 14-78-moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

75. Mulla Axmad Ali Abdu Fattaxov – 36 yosh, Koson shahri ahli, tojik, O`zSSR fuqarosi, kelib chiqishi savdogarlardan, imom, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

76. Sayfetdin Kar Abdujalilov – 56 yosh, Namangan tumani Uychi Laskidan qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, qori, imom, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

77. Askar Ali Abduvaxabov – 38 yosh, Namangan tumani Qizil-Kiyak qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, hech bir xunarsiz, eriga ega emas, oilali, savodsiz, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

78. Raxmatulla Abdu Vaxabov – 45 yosh, Namangan tumani Qizil Kiyak qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, ipakchi, oilali, savodsiz, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

79.Abduraxman Tapildbaev – 21 yosh, Namangan tumani Qizil Kiyak qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, ipakchilik va dehqonchilik bilan shug`ullanadi, moddiy tomondan kambag`al, “xalta-ko`ynak”, oilali, savodsiz, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

80.Kurbanbay Yusupbaev – 60 yosh, Namangan tumani Qizil Kiyak qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, savodsiz, oilali, uy savdosi va dehqonchilik bilan shug`ullangan, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

81.Mulla Askar Nazarmatov – 27 yosh, Namangan tumani Qizil Kiyak qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, diniy maktabda ta`lim olgan, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

82.Xodjam Berd Madaminov – 56 yosh, Namangan tumani, Qizil qiya qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, bog`bon, savodsiz, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

83.Muxamedsha Kanoatshaev – 39 yosh, Namangan shahri ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, savodli, xanarmand, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

84. Mulla Abdu Kadr Mamad Karimov – 32 yosh, O`rta mashad qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, madrasada o`qiydi, usta, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

85.Payzbay Usmanov – 29 yosh, Namangan tumani, Ko`l kurgan qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, masjid imomi va so`fisi, dehqonchilik bilan shug`ullanadi, oilali, savodli, sudlangan;

O`zbekiston SSR JK 58-77 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

86.Saidbay Ustababaev – 40 yosh, Namangan tumani, Ko`l-qurgan qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, o`rta dehqon, savodsiz, Ishan Dadaxan Nasirxanovning jiyani, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib,3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

87. Nuretdin Kar Asadullaev – 42 yosh, Kasana shahri ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi,diniy maktabni o`qigan, qori, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

88.Inamdjan Kar Muxamed Aminov – 43 yosh, Mashad qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, imom, madrasada o`quvchi bo`lgan, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

89.Abdulladjan Kar Madraimov – 30 yosh, Chust-Pop tumani, Kaklik-qurgan qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, savodli, bo`ydoq, sudlangan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib,3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

90.Baltabay Uraz Aliev – 50 yosh, Namangan tumani, Qizil-rovot qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, tabib, oilali, savodsiz, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib,3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

91.Mulla Mumin Rustamov – 40 yosh, Kasansoy tumani, Qizil-ravot qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, Nasirxanovning o`quvchisi, sobiq imom, oilali;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

92.Mulla Mamadjan Karabaev – 35 yosh, Yangiqo`rg`on tumani Kushan qishlog`i ahli, dehqonchilik va diniy faoliyat bilan shug`ullangan, kelib chiqishi bo`yicha o`rta hol, oilali, savodli, muqaddam sudlanmagan, Yangiqo`rg`on tumani Kushan qishlog`ida yashagan, 1930 yil 27 mayda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 14-78-moddalari bilan aybli deb topilib, 2 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

93.Isakdjan Alibaev – 24 yosh, Namangan shahri ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, xunarmand, madrasada o`qigan, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 2 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

94.Isametdin Xodji Nurmamedov – 64 yosh, Kasansoy tumani, Panixan qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, bog`bon, savodsiz;

O`zbekiston SSR JK 14-78-moddalari bilan aybli deb topilib, 2 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

95.Isanbay Urazbaev – 49 yosh, Qizil Ravot qishlog`i ahli, qirg`iz, O`zSSR fuqarosi, 6 yil davomida imomlik qilgan, ohirgi paytlar dehqonchilik bilan shug`ullangan, o`ziga to`q, oilali, savodlik, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

96.Nur Muxamed Ustababaev – 23 yosh, Namangan tumani, Ko`l-qurgan qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, nochor dehqon, Ishan Dadaxan Nasirxanovning jiyani, oilali, savodli;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

97.Barat Uzakbaev – 29 yosh, Kasana shahri ahli, tojik, O`zSSR fuqarosi, savodsiz, oilali, sudlanmagan, “Ruvadjiya” ipakchilik tashkiloti a`zosi, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78-moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

98.Dadamirza Abduvaxidov – 36 yosh, Kasansoy tumani, Kokumbay qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, madarasada o`qigan, o`rta xol dehqon, oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

99.Muetdin Xan Shaidxan Xodjaev – 25 yosh, Yangiqo`rg`on tumani, Begavot qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, oilali, savodli, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

100. Abdulladjan Madali Xodjaev – 42 yosh, Kasansoy tumani, Kokumbay qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, dehqonchilik bilan shug`ullanadi, o`rta ma`muotli, ikki oilali, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

101.Dadadjan Abdulkasmov – 22 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`i ahli, qipchoq, O`zSSR fuqarosi, kambag`al dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`ida yashagan, qamoqqa olingan vaqti haqida ma`lumot yo`q;

O`zbekiston SSR JK 58-67-moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

102.Uzakbay Lolakariev – 30 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`i ahli, qipchoq, O`zSSR fuqarosi, kelib chiqishi diniy oiladan, kambag`al dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog`ida yashagan, 1930 yil 7 iyunda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

103.Xodjixan Mulla Karimbaev – 44 yosh, Namangan tumani Qumqo`rg`on qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, diniy shaxs o`g`li, “xalta-ko`ynak”, moddiy holati bo`yicha kambag`al, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Qumqo`rg`on qishlog`ida yashagan, 1930 yil 27 mayda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR JK 58-67-moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

104.Ilmiyamin Yusupbaev – 25 yosh, Namangan tumani Kulqo`rg`on qishlog`i ahli, tojik, O`zSSR fuqarosi, dinshunos o`g`li, “xalta-ko`ynak”, moddiy holati bo`yicha o`rta hol, bo`ydoq, savodsiz, Nosirxonning sheriklaridan biri bo`lmish Mukumning qarindoshi, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib, qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan.

105.Shukurbay Shiraliev – 70 yosh, Namangan tumani Yastepa qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, dehqon, o`rta hol, mehnatga layoqatsiz, “xalta-ko`ynak”, oilali, savodsiz, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

106.Abdullabay Mansurbaev – 42 yosh, Yangiqo`rg`on tumani Mirza ravot qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, dexqon-kambag`al, er reformas davrida 14 tanop er olgan, savodsiz, beva, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

107.Baba Muxamed Dadadjanov – 65 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, dehqon, “xalta-ko`ynak”, oilali, savodsiz, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

108.Imamxan Mumin Xodjaev – 21 yosh, Koson shahrining ahli, tojik, O`zSSR fuqarosi, savodsiz, oilali, kambag`al dehqon, sudlanmagan;

O`zbekiston SSR JK 17-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

109.Akbarxodja Abduvaxxabov – 41 yosh, Namangan tumani Qizil Kiyak qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, “xalta-ko`ynak”, ipakchi, oilali, savodsiz;

O`zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

110.Xalmamad Ustababaev – 24 yosh, Namangan tumani, Ko`l-qurgan qishlog`i ahli, o`zbek, O`zSSR fuqarosi, dehqon, savodsiz, Ishan Dadaxan Nasirxanovning jiyani, oilali, sudlanmagan;

111.Teregulov Osman Igmatulovich – 1896 yil Ufa guberniyasida tug`ilgan, millati tatar, SSSR fuqarosi, sudlanmagan, Bashkiriya oq armiyasi poruchigi unvonga ega, Xiva Respublikasi “Revvoensovet”da kotib bo`lib ishlagan, 1921 yil 1 dekabrda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR (eski tahriridagi) JKning 60-moddasi bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerga surgun qilish jazosiga sudlangan;

112.Yungerov Aleksandr Vasilevich – 1883 yil Penza shahrida tug`ilgan, millati rus, SSSR fuqarosi, sudlanmagan, Qirol armiyasi shtab kapitani unvoniga ega, 2-Turkiston birgadasi komandiri va vaqtincha Xorazm Respublikasi harbiy boshlig`i bo`lib ishlagan, 1921 yil dekabrda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR (eski tahriridagi) JKning 60-moddasi bilan aybli deb topilib, 2 yil konslagerga surgun qilish jazosiga sudlangan;

113. Muratov Iskander Isxakovich – 1895 yil Semirchensk viloyatida tug`ilgan, millati rus, SSSR fuqarosi, sudlanmagan, Xorazm Respublikasida ma`muriy bo`lim boshlig`i bo`lib ishlagan, 1921 yil 1 dekabrda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR (eski tahriridagi) JKning 60-moddasi bilan javobgarlikdan ozod qilinib, Turkiston, Bashkiriya, Tatariston va Kavkaz Respublikalarida yashash huquqidan mahrum qilingan;

114.Gaynulin Zagidlulla Gayduloevich – 1897 yil Kavkaz guberniyasida tug`ilgan, millati tatar, SSSR fuqarosi, sudlanmagan, Ma`lumot to`plash uyushmasi boshlig`i bo`lib ishlagan, 1921 yil 1 dekabrda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR (eski tahriridagi) JKning 60-moddasi bilan javobgarlikdan ozod qilinib, Turkiston, Bashkiriya, Tatariston va Kavkaz Respublikalarida yashash huquqidan mahrum qilingan;

115.Daminov Latif – 1906 yilda Samarqand viloyati Qoradaryo tumanida tug`ilgan, o`zbek, SSSR fuqarosi, oilali, Mitan tumanidagi “Stalin-Yuldan” gazetasining redaktori bo`lib ishlagan, Samarqand viloyati, Qoradaryo tumani, Metan qishlog`ida yashagan, 1938 yil 19 yanvarda qamoqqa olingan;

O`zbekiston SSR (eski tahrirdagi) JK 57-moddasining 1-qismi, 67-moddasi bilan aybli deb topilib, otish yo`li bilan o`lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
25.09.2021 14:10
Амакиларим Шозаманов Холмамат, Шозаманов Тошмамат, Шозаманов Ҳасан ва Шозаманов Исмоил (Отамнинг эгзаги) иккинчи жаҳон урушида дом дараксиз кетган, шу масалада қандай аниқлик киритиш мумкин. жавобингизни кутаман. Ҳурмат билан Шазаманов Шоазим Ибрагимович