Saida Mirziyoeva Yangi Toshkent hududidagi zamonaviy bino va inshootlar qurilish jarayoni bilan tanishdi

17.09.2026 17:01

Ta`kidlanishicha, britaniyalik me`morlar tomonidan puxta va uzoqni ko`zlab ishlab chiqilgan shahar konsepsiyasi kelgusi o`n yilliklar uchun mustahkam asos yaratdi.

“Poydevor qo`yildi, biroq shaharning ertangi kuni qanday bo`lishi endi bevosita o`zimizga bog`liq. Aynan shuning uchun tadbirkorlarimiz Yangi Toshkentga alohida e`tibor qaratishlarini istardim.

Bu erga sarmoya kiriting, qurilish qiling, o`z biznesingizni yo`lga qo`ying. Mazkur maskanning istiqboli va imkoniyatlari beqiyos. Keling, ushbu betakror, yangi shaharni birgalikda bunyod etaylik!”, – deb yozdi Prezident administrasiyasi rahbari.

 

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар