Xususan, 16 sentabr kuni «Biznesni rivojlantirish banki» ATB Boshqaruvi Raisi Saxi Annaklichev Qanliko`l tumanida bo`lib, mahalliy tadbirkorlar, tashabbuskor aholi vakillari bilan uchrashdi hamda yangi kooperasiya loyihalari va mikrobiznes tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida tumandagi «Arzimbetko`m» MFYda istiqomat qiluvchi va o`z xonadonida kulupnay etishtirish bo`yicha boy tajribaga ega tadbirkor Ixlasbay Nietbaev faoliyati o`rganildi. Tadbirkor bank ko`magida 2 yil davomida 100 ta xonadonni kooperasiya asosida birlashtirib, aholiga kulupnay etishtirish agrotexnologiyalarini o`rgatish va tayyor mahsulotni xarid qilish tizimini yo`lga qo`yishga tayyorligini bildirdi.

Ushbu tashabbusni tizimli tashkil etish maqsadida bank tomonidan kooperasiya a`zolarini o`qitish uchun maxsus o`quv markazini tashkil etish hamda jarayonga «Agrostar xolding» korxonasining malakali agronom va mutaxassislarini jalb etishga kelishib olindi.

Shuningdek, Boshqaruv Raisi «Jer altn g`aziynem» fermer xo`jaligi rahbari Muratbay Aralbaevning tajriba maydonida bo`ldi. Bo`lg`usi kooperasiya tashkilotchisi hozirda 70 sotix maydonda ejevika, godji va malina kabi serdaromad meva turlarini hamda 8 gektar maydondagi ko`lda baliq etishtirishni yo`lga qo`ygan. Ushbu tadbirkorning tajribasi va klaster yondashuvi asosida tumandagi 300 ta xonadonni ushbu rezavor va meva turlarini etishtirishga o`rgatish va kooperasiya loyihasini ishga tushirish bo`yicha kelishuvga erishildi.


Uchrashuvlar yakunida mahalliy tadbirkorlarning tajribasidan keng foydalangan holda aholi xonadonlarida daromadli meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, ularni zamonaviy bіlimlarga o`qitish hamda kompleks moliyaviy-tashkiliy madad berish orqali yangi ish o`rinlarini yaratish bo`yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.