–Koreya biznesi O`zbekistonda shunchaki faoliyat yuritishga emas, balki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga investisiya kiritishga taklif qilindi;
–Maqsad – O`zbekistonni mintaqadagi asosiy ishlab chiqarish, texnologik va eksport maydonlaridan biriga aylantirish;
–Mamlakatimizda muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo`lgan 120 ta loyihani amalga oshirish ko`zda tutilgan;
–O`zbekistonning tabiiy resurslari, inson kapitali va o`sib borayotgan bozorini Koreyaning texnologiyalari, muhandislik tajribasi va jahon brendlari bilan uyg`unlashtirish taklif etildi;
–Ustuvor vazifa – shunchaki xomashyo eksport qilish emas, balki O`zbekistonda chuqur qayta ishlashdan tortib, tayyor yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishgacha bo`lgan to`liq ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish;
–2030 yilga qadar O`zbekiston elektrotexnika sanoati hajmini 11 milliard dollarga, eksportni esa 5 milliard dollarga etkazishni maqsad qilgan;
–Strategik vazifa – yig`uv ishlab chiqarishlaridan zamonaviy, to`liq siklli klasterlarga o`tish;
–Koreya kompaniyalari, universitetlari va tadqiqot markazlarini o`zbekistonlik hamkorlar bilan yagona tandemga birlashtirish taklif etildi;
–Nafaqat mahsulot ishlab chiqarish, balki intellektual mulk huquqiga ega bo`lgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqish ham muhim;
–Koreyaning etakchi kompaniyalariga ilmiy tadqiqotlar, klinik baza va ishlab chiqarishni birlashtirgan biofarmasevtika klasteri tashkil etish taklif qilinmoqda;
–Asosiy e`tibor mutaxassislar tayyorlashga qaratilishi lozim. Shu bois, O`zbekiston – Koreya muhandislarni tayyorlash yagona ta`lim dasturini yo`lga qo`yish muhim hisoblanadi;
–Koreya investorlariga transport va shahar infratuzilmasi sohasidagi loyihalar – Yangi Toshkentdagi ob`ektlar, aeroportlar, temir yo`llar, avtomobil magistrallari va logistika markazlari taklif etildi;
–O`zbekiston Koreya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi ishlab chiqarish va eksport xabiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Shu maqsadda O`zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tashkil etish taklif qilindi.