O`zbekiston salkam bir oydan buyon tashqi ishlar vazirisiz qolmoqda. Abdulaziz Komilovning salomatligi qay ahvolda?
Vazir A.Komilovning salomatligi haqida vazirlik tomonidan so`nggi 15 kun ichida bironta yangilik berilmadi.
29 mart kuni Tashqi ishlar vazirligi Abdulaziz Komilov so`nggi o`n kun davomida surunkali kasalliklari tufayli Tibbiyot bosh boshqarmasining 1 son Markaziy klinik shifoxonasida tibbiy muolajalar olib davolangani aytilgan edi. Shuningdek, bu xabarda 75 yoshli vazir salomatligini yanada chuqurroq tekshiruvdan o`tkazish zarurati yuzaga kelgani sababli, ixtisoslashgan tibbiy ko`rikdan o`tish va tegishli muolajalarni olish maqsadida xorijda davolanishni davom ettirayotgani ma`lum qilingandi.
Tashqi ishlar vazirligiga ko`ra, so`nggi 25 kun davomida vazir Komilov salomatligi tufayli davolanmoqda. Ammo, mutasaddi tashkilot u haqida so`nggi ma`lumotlarni taqdim etayotgani yo`q. Shu jumladan, vazir vazifasida ayni damda kim faoliyat yuritmoqda yoki uning qanday uchrashuvlari qoldirilgani haqida ham aniq ma`lumotlar nima uchundir ochiqlanayotgani yo`q.
Aslida, davlat boshqaruvidagi muhim lavozim hisoblangan tashqi ishlari vazirining salomatligi va uning vakolatiga ta`lluqli masalalar ayni damda qanday holatda ekani, vazirlik kelajagiga oid masalalar xalqdan sir tutilishi mumkin emas. Ochiq jamiyatning barcha qatlamiga hokimiyat boshqaruvida tuzulmalar hisobot berishlari, fuqarolar esa jamiyatda qanday voqealar ro`y berayotganini bilishga, idrok etishi, munosabat bildirishga haqli.
Eslatma: O`zbekiston Respublikasining 30-moddasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo`lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
Bundan oldin saytimizda e`lon qilingan materiallar:
Sherzod Asadov tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni dafn marosimi qo`shig`i orqali tabrikladi
Abdulaziz Komilovning o`g`li uchun noqonuniy ishlar qonuniylashtirildi
Abdulaziz Komilov bilan intervyu: AQSh — Afg`oniston — O`zbekiston munosabatlari