"Buz-buz" majorosi — fevralda boshlangan muammoga bugun echim topilmoqda

11.04.2022 16:36

Jahongir Ortiqxo`jaev 18 kundan keyin aholi muammosini o`rganish uchun Yunusobod tumani Markaz-5 dahasiga etib keldi.  

Rost24.uz muxbirining xabar berishicha, aholi noroziligi sabab ishlar to`xtatilgan bolalar maydonchasida bugun ham qayta buzish ishlari boshlangan.

Aholi bu jarayonga faol qarshilik ko`rsatgan. Natijada, voqea joyiga Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev etib kelgan. Tadbirkor bilan hokimning o`zi shaxsan gaplashgan.

Yunusobod IIB boshlig`i buzish va qurilish ishlari to`xtatilishini aytdi. Ishchi guruh masalaga aniqlik kiritib olgach batafsil axborot berililishini aytmoqda.

Eslatib o`tamiz, voqea joyiga senatorlar Narimon Umarov va Baxtiyor Sayfullaev ham etib borgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
10
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар