O`zbekistonda yana bir “yordam beruvchi daftar” — “Nizoli oilalar bilan individual ishlash daftari” joriy etiladi. Bu haqda AOKAda joriy yil 11 aprel kuni bo`lib o`tgan brifingda Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari Nodira Egamberdieva ma`lum qildi. Shuningdek, “Mahalladagi xotin-qizlar faollari faoliyatini tashkil etish” uslubiy qo`llanmasi ishlab chiqilgani ham aytib o`tilgan.
Hozirgacha O`zbekistonda nechta “yordam beruvchi daftarlar” ishlab chiqildi?
Albatta, har bir daftarning o`z yordam ko`rsatadigan yo`nalishi bor.
Ma`lumot o`rnida, 2021 yil sentyabr oyida “Temir” va Ayollar” daftariga qancha fuqarolar kiritilganining statistik raqamlari ochiqlangan edi. Unga ko`ra, “Temir daftar” ro`yxatiga deyarli 600 ming oila kiritilgan. Ta`kidlanishicha, aksariyatining mavjud muammolari bartaraf etilgani bois 564 612 ta oila undan chiqarilgan. “Ayollar daftari”ga esa jami 432 781 nafar xotin-qiz ro`yxatga olingan bo`lib, ularning deyarli barchasiga amaliy yordam ko`rsatilganligi aytiladi.
Eslatib o`tamiz, bu “daftarlar” O`zbekistonda pandemiya davrida (2019 oxiri – 2020 yil boshlarida) muhtoj oilalarni qo`llab-quvvatlash uchun shakllantirilib boshlangan edi. Qariyb 3 yil ichida bu daftarlar soni 6 taga etmoqda.