Xo`jaylida farzandlarini urgan ona pushaymonligini aytib, uzr so`rab intervyu berdi. Uning eri qanday fikrda?

11.04.2022 09:28

«Men bu ishni erimni qarindoshlari ko`rishi va kelib bolalarimga qarashi uchun qilgandim,- demoqda ayol Qoraqalpog`iston ichki ishlar vazirligi axborot xizmatiga bergan intervyusida. Uning pushaymonligi vaziyatni engillashtiradimi? Tushkunlikka tushgan bo`lsa bolalarga shunday munosabatda bo`lish mumkinmi? Nahot ayol faqat “uzr” so`rash bilan qutulib ketsa?

 - Qizlarimni urib videoga olganim sababi erim Rossiyada edi, men farzandlarim bilan birga yolg`iz yashardim. Ukalari kelib qarashadi degandim, bari bir kelishmadi. O`rtada ota-onam kasal bo`lib, shok holatda edim, deydi u

Ayol 2016 yil mayda turmush qurgani keyin iyunda eri bilan Qozog`istonga ketgani, so`ng o`sha yili avgustda Rossiyaga ketgani, farzandiga homilador bo`lganida qaytganini aytadi.

"Maqsadim, uyidan hech kim kelmaydi, nabiralari bilan ham hech kimni ishi yo`q. Videoga o`zim oldim, va erimga jo`natdim oilasiga yuborsin,menga rahmi kelar, bizni yonimizga kelishar deb, lekin unday bo`lmadi. keyin yana videoga olib jo`natdim yana ta`sir qilgani yo`q. Xudo ko`zimni ochdi. Otam o`ldi. Shu norasidalarni ko`z yoshi shu deb bilaman".

Kelin o`z qilmishlari internetda tarqab ketganidan norozi bo`lib, buni tarqalishida qaynonasi aybdorligini aytgan va ularni nomardlikda ayblagan. 

«Qaynonam qo`rqitardi tarqatvoraman, ertaga televizorda ko`rasan derdi. Aytganini qilishdi nomardlik bo`yicha birinchi o`rin. Lekin, mardlik qilib, men ming yomon bo`lar ekanman, kelib nega xabar olmadi nabiralaridan?»

Ro`zg`or nima hisobidan ekanligi haqidagi savolga, Moskvadan eri pul jo`natishi, o`zining ishsiz ekanini aytgan. Bizga bu ayol yashaydigan honadonning suratlari kelib tushgan bo`lib, ushbu suratlarda sharoitlar ancha yaxshiligini ko`rishingiz mumkin.

Ayol, o`z qilmishi haqida to`xtalarkan, erini o`rnida bo`lganida kechirmasligini ta`kidlagan. 

- Bolasini urib turilganda man kechirmasdim, kechiriladigan narsamas. Lekin xalqimdan iltimos qilib so`rardim, bilib bilmay "komentariyalar" yozmasdan, meni ichimda hamm birnarsalar bo`lgandir . Lekin, qizlarimni agar o`sha erda men urib "invalid" qilib, yoki o`ldirib qo`ygan bo`lganimda o`sha holatimda Xudo bor ekan, qizlarim soppa sog`. 

Hozir baxtli qizlarim, parklarga boramiz, qaynanam ko`rolmayapti baxtli yashayotganimizni, deb hamma aybni erining onasiga yuklamoqchi bo`lgan. Eski videolarni olib tarqatishgan deb, aytgan. 

Bu bo`yicha tez orada ikkinchi tomon, ya`ni erining oilasidan izoh olib sizning e`tiboringizga havola etamiz.

Shuningdek, ayol video oxirida juda pushaymonligini, qilgan ishi yaxshi ish emasligini aytib, boshqa onalarga farzand hamma narsadan ustun ekanligiga va ularga e`tibor qaratishni so`ragan.

                   Ota nima demoqda?

                  Bolalarning otasi ham bu voqea yuzasidan intervyu bergan bo`lib, u bu vaqtda Rossiyada bo`lganini va aniq qaysi sanada yuz berganini eslolmasligini aytgan. 

- Sababi shu tortishib, asabiylashib jo`natganda menga. Urush janjal bo`lib turardi, oilaviy mojaro. U yoqqa olib ketib ishlashni olib ketishni xohlamadim. Pul jo`natib turaman bolalarga qara degandim. Bu bilan ZAGSda emasmiz. Qizlar hozir o`zimda. Men Rossiyadan 13 martda keldim. Shundan beri o`zimda. U uzr so`rab turibdi, bolalar bor ikki, etim qolmasin deb harakatdaman. O`zini tiysa chiqar deb o`ylarman (qamoqdan. Tahr.). Biz vrachga ko`rsatdik, travmalar yo`q. Normal holatda bolalar, dedi u.

Eslatib o`tamiz, Rost24.uz saytida e`lon qilingan «Xo`jaylida «ona» farzandlarini ayamay savalab kun ko`rmoqda. Bolalarni devorlar ortida kim himoya qiladi? (https://t.me/rost_24uz/4859)" nomli maqola yuzasidan Ichki ishlar vazirligi rasmiy munosabat e`lon qilgandi:

«Joriy yilning 29 mart kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Xo`jayli tumani Yangihayot ko`chasida yashovchi fuqaro A.A. tuman IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil iyul oylaridan boshlab turmush o`rtog`i bo`lgan X.F. bilan o`rtalaridagi o`zaro kelishmovchilik sababli, X.F. o`zining ikki nafar voyaga etmagan qizlarini urib, ularga azob berib kelayotganligini, shu sababli X.F.ga nisbatan qonuniy chora ko`rishda amaliy yordam berishni so`ragan.

Shu bilan birga, joriy yilning 9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda, fuqaro X.F. tomonidan o`zining voyaga etmagan farzandlari (2017 y.t.) X.Sh. hamda (2019 y.t.) X.A.ni har xil so`zlar bilan haqoratlab, ularning ojiz ahvoldaligini bila turib, do`pposlayotganligi tasvirlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi X.F.ga nisbatan prosessual cheklov chora belgilash masalasi ko`rilmoqda»,- deyiladi IIV Axborot xizmati e`lon qilgan xabarda.

Qoraqalpog`iston IIV vakilining ma`lum qilishicha, ayolni hozirda vaqtincha ozodligi cheklangan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
16.04.2022 11:20
Ахмак катын екен балардын не гунасы бар кишкентаи гана енесине не милети бар бала озиники куиеуиде акша жиберип турса балаларынды багып отырабер кутырып кеткен катында бул енене тонкерме аиыбынды енен атан гунасы жок ана ененин ращылыгын алып патиясында алып шыкпагансан озин баиын басын аиналдырып тиип алгансан куиеуине рахмет екен баска баи болганда сени буитип коимас еди жазалау керек бул катынды камау керек
13.04.2022 03:15
Эридан емонлик чикадиганга ухшаб турибди бошка эркак булганда шу ишлари ун кул оегини синдирган буларди эрдан бахти келган ахмао аел экан жазосини олсин шунда эрини болаларини кадрига етади аслида узи тукканми узи туккан она бу ишни килмайди ДНК а килдириш керак балким узининг фарзади эмасдир бу ахмок аелни
11.04.2022 15:00
Bolani sen tuqansan box yeb qaynona qaynotanga aybni agdarasanmi ering pul yuborar ekan qarab otir yana nima kere ja eplolmasen bogchaga ber waroiti yaxwi ekan qamalsin esi kiradi bir militsyalarnj dubinkasidan yeb korsin azobni biladi nonkor