Bugun O`zbekistonda mediaga kim egalik qilishga intilmoqda:Tadbirkorlarmi yoki siyosiy elita?
Rost24.uz saytida taniqli jurnalistlar Karim Bahriev va Navbahor Imomova mehmonda bo`ldi.
Ular O`zbekistonda 5 yil avval boshlangan ochiqlik siyosati bugun qay ahvolda ekani, hamda ommaviy axborot vositalariga egalik qilishga intilayotgan siyosiy elita haqida suhbatlashdi.
«Bugun jurnalist va blogerlardan «tashlanuvchi itlar» sifatida foydalanilmoqda», - deydi Navbahor Imomova.
Karim Bahriev ham amaldagi siyosatga nisbatan o`z qarashlarini bildirdi. “ O`zbekiston ulkan bir kolxozdek bo`lib turibdi. AQSh prezidentini Texasda paxta etishtiruvchilar bilan selektor o`tkazishini muhokama qilishini yoki Germaniya prezidentini chorvachilik bo`yicha qaror chiqarishini tasavvur qila olmaymiz. Bu paxtami, pillami, tovuqmi bu masalalarni xo`jalik sub`ektiga berish kerak va mulk huquqini kafolatlash kerak», deydi jurnalist Karim Baxriev.
Suhbatni to`liq shaklini quyida tomosha qilishingiz mumkin.