Antikorrupsiya agentligi Ramatovlar oilasining korrupsiyaga aloqadorligini o`rganmoqda

05.04.2022 16:36

Amaldorlarning oʻz mansablaridan foydalangan holda katta-katta iqtisodiy imperiyalarni yaratishi va ofshor hududlarda yashirin nomlar bilan soliqlardan berkitilgan kompaniyalarni yuritishiga koʻz yumish davlat, xalq mulkiga xiyonat sifatida koʻrilishi kerak emasmi?

Rost24.uz saytida kuni kecha Bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatovning rafiqasi Raʼno Ramatovaga tegishli boʻlgan ofshor hududlardagi kompaniyalar va Shveysariya banklarida ochilgan hisob raqamlari haqida «Ramatova xonim ortidagi milliardlarga yetaklovchi biznes imperiya oshkor boʻldi», sarlavhali maqola eʼlon qilingan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi matbuot kotibi Durdona Ochilova mazkur maqoladagi maʼlumotlar agentlik tomonidan oʻrganilayotganini maʼlum qildi.

Joriy yilning fevral oyida Raʼno Ramatovaga tegishli Credit Suisse bankidagi hisob raqam va undagi mablagʻ miqdori ochiqlangan edi. Bu borada muxbirimiz Akmal Burxonovga murojaat qilib, amaldorning rafiqasi boʻlgan Raʼno Ramatova ishi korrupsiyaga aloqadorlik boʻyicha oʻrganilishi kerakligini soʻradi. Agentlik rahbari soʻrovga nisbatan Credit Suisse masalasi boʻyicha oʻrganish uchun yetarli, ishonchli dalillar yoʻqligini maʼlum qilgan edi.

Endilikda, Ochilboy Ramatov 10 yildan ortiq rahbarlik qilgan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Ramatova orqali ofshor hududlardagi moliyaviy oʻyinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi qanday talqin etadi? Amaldor qonun oldida javob beradimi? Tafsilotlarni saytimiz orqali tanishtirib boramiz.

Eslatib oʻtamiz, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbari Akmal Burxonov Oʻzbekiston amaldorlarining xorijda hisob raqam yuritishi kelajakda qonunan taqiqlanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, agentlik tomonidan 2022-yildan davlat xizmatchilari daromad deklaratsiyasini toʻldirishlarini koʻzda tutuvchi meʼyor joriy etilishi haqida ham maʼlumot berilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
09.04.2022 11:47
Президент Фармонлари, Қонунлар, Қарорлар ва меьёрий хужжатлар ишламайдиган Давлатда хеч қачон ўсиш бўлмайди. Коррупция авж олади ва амалдорлар БЮДЖЕТни талон тарож қилишдан тийилишмайди.Сабаби улар билишади УЛАРГА ХЕЧ КИМ ИНДАМАЙДИ ва УЛАРГА ХЕЧ КИМ ЧОРА КЎРМАЙДИ,
06.04.2022 15:41
Коррупцияга қарши курашиш сохасида Ўзбекистон хукумати сусткашликка йўл қўймоқда ва бунинг натижасида иқтисодимиз жуда катта зарар кўрмоқда. Бунга амалдорларининг хорижда ҳисоб рақам юритиши тақиқланиши ва 2022 йилдан давлат хизматчилари даромад декларациясини тўлдиришларини кўзда тутувчи қонунларнинг халигача қабул қилинмаганлиги ёрқин далилдир.
06.04.2022 01:57
Kulgili. Jinoyat alomatlari yoq. Agentlik uylmay shunday bayonot beradi.
06.04.2022 00:59
Нари борса, 8 миллион жарима тулови билан кутулиб колади
05.04.2022 23:50
Balki ishlar shu zaylda ketsa bizning amaldorlar kursisiga to tobutgacha yopishib olmas. P.s undan battar bo‘lsa kerak korrupsiya bora bora.
05.04.2022 22:20
Коррупцияга қарши курашиш агентлиги ҳеч нима қила олмайди