Mahallangizda muammo bormi? Rost24.uz so`rovnoma o`tkazdi

05.04.2022 12:38

Piyodalar yo`lisiz piyodalar, o`quvchisiz qolayotgan maktab, toksiz transformator, odam yashirinsa bo`ladigan “yama”lar...

“Mahallangizda muammo bormi?” Loyihaning navbatdagi manzili Qibray tumani “Uzumzor” mahallasi bo`ldi. Biz ko`nikib ketayotgan aslida bajarilishi kerak bo`lgan muammolar Qibray tuman hokimi va mutasaddilaridan echim kutmoqda.

Rost24.uz sayti navbatdagi jurnalistik reydini “Uzumzor” mahallasida o`tkazdi. Mahalla aholisi tuman hokimini qanchalik taniydi? So`nggi vaqtlarda amalga oshirilayotgan ishlar aholi hayotida sezilyaptimi?

Odamlarga mikrafon tutarkanmiz ularning ko`pchiligi hokimni hech qachon ko`rmaganligini aytishadi. “Biz tanishimiz uchun hokim odamlar orasiga kelsin, ko`rsin”, deydi mahalla nuroniylaridan biri. Mikrafonimizga duch kelgan insonlar mahallasida deyarli hech qanday o`zgarish bo`lmayotganini aytarkan birgina wifi internet simining tortilishini omad, deb hisoblashadi.

“Uzumzor”dagi 35 umumiy o`rta ta`lim maktabi esa kameramiz markazida bo`ldi. Ushbu maktab etti yuz nafardan ortiq o`quvchiga mo`ljallangan lekin yuz nafardan ziyodroq o`quvchi ta`lim oladi. Chunki maktab avariya holatida. Isitish tizimi ham ta`mirtalab. Shu erlik o`quvchilar asosan Mirzo Ulug`bek tumanidagi maktablarga borib o`qishadi. Maktab direktori Alimova Ozoda maktabning investisiya dasturiga kiritilmayotganini o`quvchilarning kamligi bilan ifodaladi. O`quvchilar esa sharoit yo`qligidan boshqa maktablarga ketmoqda.

Toshkent shahridan uncha uzoq bo`lmagan ushbu mahallada ham gaz va elektr energiyasi asosiy muammo. Uch-to`rt kunlab elektr energiyasiz yashash odatiy hol.

Qulayotgan simyog`ochlar, elektr toki tortilmagan transformator, yamoqli yo`llar, aholi fikri va boshqa muammolarni videoda tomosha qiling.

Endilikda Rost24.uz sayti muxbirlari har bir mahallaga mikrafon ko`tarib boradi va odamlar tuman, shahar viloyat mutasaddilariga nisbatan qanday fikrda ekanliklari bilan qiziqadi. Biz bilan hamkorlik qiling va o`z mahallangizga taklif eting! Ko`cha kuyda bizni mikrofonni ko`rdingizmi mahallangiz muammo va yangiliklari haqida tortinmay so`zlang. Biz gaplaringizni mutasaddilarga etkazamiz.
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
15.04.2022 11:55
Ассалому алейкум! Навоий вилояти, Кармана тумани, Янгиҳаёт МФЙ Нуробод массивида 2012 йилда аукцион орқали 230 ер участкаси сотилган. Бугунги кунда 50-60 участкаларга одамлар қўлидан келганча иморат қуриб, яшаб келмоқда. 2021 йилда Обод маҳалла давлат дастурига тушган. Лекин негадир ушбу массив раҳбарларнинг назаридан четда қолиб кетган, фақатгина шағалли йўл қурилди холос. 2020-2021 йилларда электр энергияси билан таъминланган. Лекин, аҳолининг асосий муаммоси тоза ичимлик суви ва табиий газ билан таъминланмаган. Аҳоли бу ҳақда бир неча маротаба юқори турувчи органларга мурожаат қилиб келмоқда. Ҳеч қайси идорадан ҳеч қандай акс садо йўқ. Аҳолини тоза ичимлик суви ва табиий газ билан таъминлашда амалий ёрдам беришингизни сўраймиз. Сизларга сиҳат-саломатлик, ижодий баркамоллик тилаб қоламиз.
12.04.2022 22:36
Ассалому алайкум. мен Тошкент вилояти Тошкент тумани А.Жомий кўчасида тураман. Бизни маҳалламизни тепа қисми 2021 йил оҳирларида яъни кўчадан кириш қисмини асфалт қилишди аммо ярим кўчагача асфалть қилинган бизни хонадонгача йўллар асфалть қилинмаган. Муттасадди ташкилотларга мурожаат қилганимизда жорий йилнинг 1 чоракига режалаштирилган дейишган аммо мана 2-чорак хам бошланди аммо натижа йўқ. шу масалада ёрдам беришингизни сўрайман.
12.04.2022 13:55
Assalomu alaykum! Olmazor tumani, Tansiqboyev bozori ro'parasida qarama-qarshi qo'yilgan svetaforlardan biri mana 3 fasl o'tayapti hamki ishlamaydi... Yaqinda Prezidentimiz tashrifi munosabati bn (Universitet hududi, mehribonlik uyi, Beruniy metro taraflar) tezlikda (2 kun ichida) bir necha joylar obod qilindi (gullar, ko'chatlar ekildi, daraxtlar, yana boshqa joylar oqlandi, talabga javob bermaydigan bekatlar bir kunda buzib tashlandi, piyodalar yo'lakchalari "paydo" bb qoldi). Albatta, ko'rkam bo'lishi uchun rahbar tashrif buyurishi kk. Qilsa bo'larkanku?! Ko'zbo'yamachilik kimga kk?! Mahallalarga sal ichkari kirilsa axvol juda xunuk... Ichki yo'llar masalasi (2-si) odamni xunob qiladi. Ichkarigacha kirilmaydi, ko'rilmaydi qabilida tashlab ketiladi yo atay qoldiriladi. 3-si Rekonstruksiya qilingan domlar yoniga o'rnatilgan axlat chelaklar "yo'q" bb ketgan... Biz har oyda "JEK" atalmishga dom (uy) remonti uchun (tomi yopilgan, podezd oqlangan, o'rindiq, axlat chelak o'rnatilgan) pul to'layapmiz axir?! Va oxirgisi... (Aslida oxiri yo'q muammolar ko'p: narx-navoni sun'iy oshirib olganlar, noqonuniy faoliyat yuritayotgan rastalar (Prezident tashrifidan avval tag-tugi bn olib tashlangandi, bundan shu xulosaga kelish mumkin), DXX gospitali oldidagi kanalning 2 taraflama yo'llari ham ta'mirtalab, qachonki aytsa yoki albatta rahbar tashrif buyursagina e'tibor beriladi. Farg'ona Makro supermarketining stoyankasiga kirish joyi bn asosiy yo'l svetaforga yaqin, ba'zida qizil chiroqda to'xtagan mashinalarning sabri yetmay o'sha yo'l orqali "qayrilib" ketishni ma'qul ko'rishadi) o'rnatilgan kameralar (mahalla ichidagi, domlar yonida) haqiqatda ishlaydimi yoki xo'jako'rsingami?! Xullas, muammo gapirgan bn xal bo'lmaydi...
12.04.2022 12:21
Ман самарканд в каттакургон тумани дайраобот кишлогиданман кишлогди йули умуман ёмон ёмгир ёгса йуриб бумайди ичимлик суви йук хамма ертагидан ичади нечи марта лабаратория килиб кетиб ичмангла бу сувдан дип кетган иложи йук хамма шу захарли сувди ичяпти кишлогда биттагина транспорматор кишда портлагани портлаган пул йигиб килинади бир бориб урганийла зора яхщи булиб колар силар борсайла факат курик вада бериб келинади
11.04.2022 18:38
Мани маҳаллам бу. Деярли шаҳар ҳисобланган ҳудуд ҳудди 20 аср ўрталарига ўхшайди. Масъул шахсларга, депутатларга мруожаат қилсанг фақат айаниб жавоб қилишади, оддий нарсаларни ҳам ҳал қила олишмайди...
11.04.2022 05:49
Yuq
09.04.2022 23:08
Бизни махалламизда борда пиёдалар йоли муоммо болалар мактабга боришга кийналепти Жиззах вилояти Зафаробот тумани Узун КФЙ
07.04.2022 18:29
Муаммо кўп, аммо унинг ечими борми? 2019 йил Жиззах вилоят Ғаллаорол туман Қўйтош шаҳарчаси "Обод маҳалла" дастурига тушди. Аммо бажарилган ишларни халқ "Барбод маҳалла" деб атамоқда
06.04.2022 05:12
Mening mahallamda yul umumun yuq odamlar terak daraxtini ekip, hovlisini yulga chiqarb olgan uyimga borishim uchun yoki farzantlarim maktabga borishi uchun ariq yoqasidagi kichkinagina yuldan qiynalip borishadi, tigishli tashkilotlarga bir nicha bor ariza bilan chiqqanmiz foydasi bulmayabdi, sining yuling obot maxallaga tushmagan diyishayabdi kuchada oltita aholi yashaymiz, kuchamizga traktor va katta moshinalar umumun borolmaydi, uzimizni mashinada ariq buyidagi yuldan aylanib kilamiz, tuy hashamva janozlarda judayam qiyin. Maxalamiz nomi: Navoiy viloyati xatirchi tumani jaloiyr mahallasi jaloir kuchasi, oq oltinga burilganda ung tamonda ikkinchi burilish bulishi kirak afsuski yul yuq