Ikki o`zbek magnati “biznes imperiyasi” ortidan ularning rafiqalari nomi chiqib kelmoqda

04.04.2022 11:08

HAR BIR "BUYuK" AYoL ORTIDA "BUYuK" ERKAK TURADI

O`zbekistonda ba`zi amaldorlar o`zining katta biznes imperiyalarini yashirish maqsadida, kompaniyalarini yaqinlari, masalan, rafiqalari nomiga rasmiylashtirishni odat qilgan. Ulardan o`zimizga ma`lumlari bilan sizlarni tanishtiramiz.

1. Elena Allamjonova!

Bir vaqtlar O`zbekistondagi gazeta jurnallar orasida obunasi eng qimmat nashr hisoblangan “Soliq info” Elena Allamjonovaga, ya`ni Komil Allamjonovning rafiqasiga tegishli bo`lgan.

Opendemocrasy e`lon qilgan maqolada 2019 yil avgust oyida “Soliq Info Tahririyati” MChJ ta`sis hujjatlarini tekshirib, Elena Kamalovna Allamjonova korxona egasi sifatida ko`rsatilgani haqida yozgan. Shuningdek, Elena Kamalovna “BEM System” MChJ egalari “Soliq Info Tahririyati” MChJ va “"Soliq Info Centre"” MChJ larning ham egasi sifatida ko`rsatilgan.

Allamjonov “Soliq info” tahririyatida ishlagan davrda obunalar majburiy bo`lib, narxi 300 ming so`m atrofida bo`lgan. Bu nashrning majburiy obunasi uchun barcha soliq tizimi xodimlari jalb qilinganini bugun hech kim inkor eta olmasa kerak. Soliq bilan ishlovchi har bir tadbirkor istaydimi yo`qmi obuna bo`lgan.  

K.Allamjonovning bugungi iqtisodiy ravnaqi aynan ana shu majburiy obunadan kelgan milliardlar hisobiga boshlangan, deyishadi mahalliy jurnalistlar. Taqqoslash uchun, o`sha vaqtda boshqa nashrlarda yillik obuna narxi 30 mingdan boshlanib 60 ming so`mgacha bo`lgan narxni tashkil qilgan.

Obuna bilan bog`liq  jarayonlarni 2013 yil may oyida “O`zbekiston buxgalterlari va tadbirkorlari” forumida bir kompaniya menejeri quyidagicha eslagan:

“Xayrli kun! Favqulodda vaziyat bor, kecha soliqchi “SOLIQ INFO SYSTEMS” MChJdan shartnoma va hisob-fakturani olib kelib qoldiribdi. “Soliq info” elektron gazetasini elektron hisobot jo`natish dasturi bilan birga etkazib berish. Bularning hammasi 249 ming so`mga etganini, imzo qo`yib, to`lash kerakligini aytdi”.

Opendemocrasy’ning yana bir suhbatdoshi, tajribali tadbirkor va soliq eksperti ham bu fikrlarni tasdiqlagan. “Soliq qo`mitasi meni BEMni sotib olishga, shuningdek, “Solik info”ga obuna bo`lishga majbur qildi... Xo`p, deb aytganlarini qildik, bo`lmasa, qanday ishlashini bilardik, ular ishlashimga ruxsat bermas edi”.

Hozirda ushbu ma`lumotlarning barchasi internet tarmog`idan o`chirilgan. “Soliq info” tahririyati esa tugatilgan. Ammo an`anani davom ettirayotganlar yo`q emas.

2.  Nigora Ortiqxo`jaeva!

Nigora Ortiqxo`jaeva Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning turmush o`rtog`i. U ham O`zbekistonda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanib keladi.

Ortiqxo`jaeva 61.64 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi “Akfa-medline” kompaniyasi 2019 yilda xususiy “AKFA” universitetini ochish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Qizig`i shundaki, ushbu xususiy universitetga berilgan imkoniyatlar boshqa hech bir xususiy universitetga berilmagan.

Masalan, universitetga davlat hisobidan 30 gektar er maydoni tekinga va bir umrga foydalanish uchun berilgan. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu universitetga bir qator imtiyozlar berilgan:

• Toshkent shahar hokimligi tomonidan 2019/2020 o`quv yili boshlanguniga qadar Universitet faoliyatini yo`lga qo`yishni ta`minlagan holda uning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta`mirlash bo`yicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda, o`qituvchi va talabalar uchun turar joy binosini qurishda, zarur o`quv-laboratoriya uskunalari, tibbiyot trenajyorlari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondlari bilan jihozlashda Universitetga ko`maklashilgan.

• O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Universitet buyurtmanomalariga ko`ra, ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy professor-o`qituvchilar tarkibi va ma`muriy xodimlarga, shuningdek, ularning oila a`zolariga kirish vizalari konsullik yig`imlari va boshqa yig`imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirib bergan.

• O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Universitet buyurtmanomalariga ko`ra, Universitetning ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinayotgan xorijiy professor-o`qituvchilar tarkibi va ma`muriy xodimlariga, shuningdek, ularning oila a`zolariga davlat boji undirilmasdan ko`p martalik vizalar berilishini va ko`p martalik vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular O`zbekiston Respublikasida yashash joyi bo`yicha vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatga olinishi va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta`minlash buyurilgan.

Shuningdek, 2022 yil 1 yanvarga qadar:

• Universitet barcha turdagi soliqlarni to`lashdan;

• Universitetni jihozlash va faoliyatini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro`yxatlar bo`yicha “Akfa-medline” MChJ va Universitet tomonidan olib kelinadigan, O`zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar (shu jumladan, laboratoriya uskunalari), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, tibbiyot trenajyorlari, adabiyotlar, qurilish materiallari va inventar bojxona to`lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) ozod qilingan.

Agar siz ham xususiy universitet ochmoqchi bo`lsangiz va menga ham shunday imkoniyatlar yaratiladi deb o`ylasangiz, adashasiz! Buning uchun siz Ortiqxo`jaevning yaqini, masalan rafiqasi eng kamida shogirdi bo`lishingiz kerak.

Hozirda “Akfa-medline” MChJ ish yurituvchisi Kamola Mirzaelieva Jahongir Ortiqxo`jaevning shogirdi hisoblanadi. U o`zining istagramm sahifasida tez-tez o`zining ustozi Jahongir Ortiqxo`jaevni maqtab, unga rahmat aytib turishni unutmaydi.

“Mehribon ustozim, menga oilam kabi yaqin bo`ldingiz, ba`zan ota, ba`zan do`st, yana bir vaqtda sirdosh, bo`ldingiz, hayotimdagi asosiy insonlardan birisiz, taniganlarimni ichida eng shavqatlisi, har doim mehr to`la qalbingiz bor. Yana ishonamanki, siz kabi ustozim bor ekan, dunyoda engilmayman! Robbim sizni o`z panohida asrasin, ustozlar kuni muborak!”, degan edi u o`z sahifasida.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
67
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
02.05.2022 18:27
3 ta maktabga ishlasam xam rozgorni but qilolmayman .bu vazirlar xalqni ustidan yashaykanda otni kallasiday maosh olib
18.04.2022 17:03
Rost24.uz jamoasi, sizlarni yaratgan panohida asrasin, kuch quvvat bersin!!!
14.04.2022 14:20
teshib chiqsin, adolatsizlik bilan erishgan imtiyozlaring, boyliklaring avlodlaringni boshiga balo bo'lsin!
12.04.2022 01:00
Омадларингни беришсин, мен Узбекистон республиками оддий фукоро сифатида айтган булардимки хар биримизга шуларга якинлигимизни аллохим буюрганда эди хаммамиз хам шу ишни килган булар эдик балким бундан каттасини хам
11.04.2022 02:36
Gap yoʻq!
10.04.2022 22:52
Xususiy universitetlar soni kop. Ular ham Ortiqxodjaevnikimi? Nomilada rost sozi bor-ku, yolgʻon maʼlumotlar.yozyapsizlar
10.04.2022 22:50
Maqolada notoʻgʻri maʼlumot bor. Universitet uchun yer sotib olingan. Sizlar yozgandek foydalanishga berilmagan
10.04.2022 20:05
Ayrim izohlarni òqib Òzbekistondan afsuski tezdoq ketish kerak degan hayolga keldim.
10.04.2022 02:07
Nodir Jumongga uxshagani chiqsa terisini shiladi hammasini. Surxondaryoni boylarini shilgandek
05.04.2022 21:00
Молодцы, респект)))
05.04.2022 18:49
Шундай инсонлар куп булсин еордам кулин айамасин
05.04.2022 11:04
Энди билдим, ейиш керак.😅😃
05.04.2022 03:25
Xalqimizda bir gap dono gap bor "tòplagandan qòrqma egandan qòrq" Bir kun kelib oligarxlarning kuni boshiga tushsa ajabmas!Emoqni qusmoģi esa bor gap!!!
04.04.2022 21:40
Зўрники тегирмон юритар.(ҳалқ оғзаки ижоди)
04.04.2022 21:26
Соккани босаверинглар сизларга хамма нарса мумкин
04.04.2022 19:21
Омадини берсин! Рост уз куромий улларин
04.04.2022 19:03
Санларгаям худони балоси бордур 😡😡😡
04.04.2022 18:24
Пулинг бўлса халтада Дам оласан Ялтада
04.04.2022 17:09
Очса яхшику. Асосийси харом бўлмаса бўлди. Ҳаром бўлса тешади дейшади. Пора олиб, ёки монопол бўлиб топса бу шаръий хукмини билмадим