O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — O`zbekiston Respublikasi hukumati; ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi.
Vazirlar Mahkamasi – O`zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo`lib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma`naviy sohalarning samarali faoliyat ko`rsatishiga rahbarlik qilishni, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta`minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi, inson hamda fuqaroning huquqlari va erkinliklarini ta`minlash, kollegiallik, hokimiyat tarmoqlarining bo`linishi va hamkorligi, shuningdek ochiqlik va shaffoflik Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplaridir.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi
Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasi Hukumatining a`zolari – O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziridan, uning o`rinbosarlaridan, vazirlardan, davlat qo`mitalari raislaridan iborat. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o`z lavozimi bo`yicha kiradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 22 yanvardagi tegishli qarorlariga binoan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a`zoligiga nomzodlar ma`qullangan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a`zolari:
Aripov Abdulla Nigmatovich – Bosh vazir;
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosarlari:
Ochilboy Ramatov — O`zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o`rinbosari — hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, qurilish va transport masalalari majmuasi rahbari
Jamshid Qo`chqorov — O`zbekiston Respublikasi bosh vazirining o`rinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish, kambag`allikni qisqartirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgartirishlar masalalari majmuasi rahbari.
Aziz Abduhakimov — O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri.
Sardor Umrzoqov — O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari — investisiyalar va tashqi savdo vaziri.
Shuhrat G`aniev — O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari — agrosanoat, qishloq va suv xo`jaligi, oziq-ovqat va iste`mol mollari komplekslari masalalari majmuasi rahbari.
Zulayho Mahkamov - O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari — xotin-qizlar va oila ishlari qo`mitasi raisi.
Vazirlar ro`yxati
Vazirlar mahkamasi tarkibidagi Davlat qo`mitalari ro`yxati: