Katta islohotlar olib borayapman deb ko`krak kerayotgan hokimlar chekka mahallalarga ham borishayaptimi? Yoki faqat nazar tushadigan joylar ta`mirlanib, «katta»lar ko`rishi uchun bezatib qo`yiladimi? Oddiy odamlar o`z tumanlari hokimlari va yashab turgan joylari haqida qanday fikrda?
Rost24.uz yangi loyiha boshladi. Endi mahallalarda jurnalistik reyd o`tkaziladi. Biz chiroyli ko`chalar, gullar ekilib yasatib qo`yilgan bog`lar emas, oddiy odamlar istiqomat qiladigan haqiqiy manzillarga boramiz. dastlabki manzil - Ibn Sino mavzesi.
Toshkent shahrining ayrim mahallalari qishloq bilan tenglashib bormoqda. Abgor ko`chalar, xarob mahallalar afsuski bugun poytaxt uchun ham begona emas.
Rost24.uz muxbiri Toshkent shahri, Shayxontohur tumani Ibn Sino mavzesi aholisini savolga tutdi. Mavze aholisi tuman hokimini taniydimi, tumanda qanday yangi o`zgarishlar bo`ldi va u erda qanday muammolar bor? «Sharoit «vashe» zo`r», deydi tomidan chakki o`tayotgan Ibn Sino dehqon bozori sotuvchisi.
Yana bir fuqaro yo`llarning abgor holatidan nolidi. Tuman hokimi va u amalga oshirgan o`zgarishlarni negadir fuqarolar yodga olisholmadi.
Mavzedagi sharoit va aholining munosabati bilan to`liq videoreportajda tanishishingiz mumkin.
Endilikda Rost24.uz sayti muxbirlari har bir mahallaga mikrafon ko`tarib boradi va odamlar tuman, shahar viloyat mutasaddilariga nisbatan qanday fikrda ekanliklari bilan qiziqadi. Biz bilan hamkorlik qiling va o`z mahallangizga taklif eting! Ko`cha kuyda bizni mikrofonni ko`rdingizmi mahallangiz muammo va yangiliklari haqida tortinmay so`zlang. Biz gaplaringizni mutasaddilarga etkazamiz.
#Mahallangizdamuammobormi?