Bu haqida 28 mart kuni Milliy matbuot markazida bo`lib o`tgan anjumanda «O`zbekkosmos» agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi Shuhrat Qodirov ma`lum qildi. Lekin, avval ehtiyoj o`rganib chiqiladi.
«Agentlik rejasining 2028-2030 yildagi uchinchi bosqichida kosmik tadqiqotlar, kadrlar tayyorlash, shunga oid qonunlar yozish va kosmosga sputnik uchirish kabi ishlar amalga oshiriladi. 2028 yilgacha esa biz sun`iy yo`ldosh uchirilgan taqdirda undan qanday natija olish mumkinligi ustida ishlaymiz».
Shuningdek, u ikki xil sun`iy yo`ldosh borligini birinchisi aloqa (internet) uchun bo`lib, bizda viloyat va tumanlarga optik tolali internet borganini ma`lum qildi.
Shuxrat Qodirovning ta`kidlashicha, har bir sun`iy yo`ldosh 36 ming kilometr balandlikka ko`tarilib, uning bittasini uchirish 200 dan 300 mln dollargacha turadi.
Eslatib o`tamiz, Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 2018 yilda «Yaqinda O`zbekiston o`z sun`iy yo`ldoshini uchiradi», deb aytgan edi. Shu yili «Roskosmos» davlat korporasiyasi O`zbekistonga birinchi o`zbek sun`iy yo`ldoshlarini ishlab chiqarish va ularni yig`ishni qisman mahalliylashtirishni moliyalashtirish taklifi bilan chiqqandi. Bu taklif natijasi ma`lum qilinmagan.
Keyinroq esa, ya`ni 2018 yil oktyabrda O`zbekiston Qozog`istonning sun`iy yo`ldoshlaridan foydalanishi ma`lum qilindi.
Davergeodezkadastr qo`mitasida Erni masofadan zondlash ma`lumotlarini va yuqori aniqlikdagi navigasiya tizimlarini qo`llash bo`yicha hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi er resurslar, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi va «Milliy kompaniya «Qazaqstan G`arish Sapari» AJ o`rtasida hamkorlik to`g`risida memorandum imzolangandi.