Yagona imtihon markazi – qonuniylashtirilgan korrupsiya emasmi?

26.03.2022 15:58

Raqamlarni summaga aylantirsak ko`p narsa oshkor bo`ladi

Yagona imtihon markazining sxemasi faqat fuqarolar yutqazadigan g`irrom qimor o`yinlarini yodga solmoqda

O`zbekistonda avtomobilga bog`liq bo`lgan har qanday ko`rinishdan mablag` yig`ish avj olgan.

Avtomobilga aloqador birgina haydovchilik guvohnomasini olish qolgan edi. Bu korrupsiya ham monopoliyalashtirildi. Aniqrog`i, birgina xususiy sektorga qonun bilan xatlab berildi.

Yagona imtihon markazi – nomi ham monopol so`zining o`zbekchadagi mazmun mohiyatini yaqqol ko`rsatib turibdi. Bu ochiqchasiga “monopol bo`lsam, qo`lingdan nima kelardi” degan do`q-po`pisadan boshqa so`z emas.

Endi raqamlar bilan tahlil qilamiz:

Komil Allamjonov o`zining YaIMning bir oylik faoliyatidan faxrlanib quyidagi raqamlarni keltirgan:

“Joriy yilning 4 fevralidan to bugun (14 mart)ga qadar, Toshkent imtihon markaziga avtomaktablarni tugatib 2406 nafar odam keldi. Shundan 347 tasigina imtihonlardan o`ta oldi. Qolgan 2059 nafar fuqaro yiqilgan.”

2406 nafar fuqaro birinchi amaliy va nazariy imtihon uchun 240 600 000 so`m to`lov qildi.

Atigi 38 kun ichida 2059 nafar imtihon topshiruvchi fuqarolarimiz yiqilgan. Aniqrog`i yiqitilgan. Chunki 2059 nafar fuqarolarimiz qayta imtihon topshirish uchun har biri yana 500 000 so`mdan to`lashlari shart bo`ladi. Bu degani qo`shimcha 1 029 500 000 so`m daromad. Birgina Toshkent shahrining o`zidan bir oyda bir milliarddan so`mdan ortiq qo`shimcha daromad kelishini qonuniy korrupsiya deyish mumkin emasmi?

Endi hisoblaymiz: bir yilda bir viloyatdan tushadigan 12 milliard so`mni 14 ga ko`paytiramiz. Demak, bir yilda 168 milliard so`m shafqatsizlik evaziga yig`iladi. Bu raqamlar yiqilganlarning faqat ikkinchi bor topshirishi evaziga yig`iladigan summa. Oldinda hali uchinchi bor, to`rtinchi bor, va hokazo marta yiqilish evaziga to`lanadigan mo`may daromadlar bor.

Ilk bor imtihon topshirayotganlarning to`lovlarining o`zi ketadigan xarajatlar uchun etib ortadi. 240 600 000 so`m bir viloyatdan bir oyda yig`ilmoqda

Bu erda mukammal arifmetik tarzda ishlab chiqilgan yangi uslubdagi piramidaning sxemasi ko`rinmoqda. Yiqitilaverasan, yana 500 000 ming so`mdan to`layverasan, bir kun omad kelib qolar deb. Qo`pol qilib, gapning po`st kallasini aytganda, g`irrom ustiga qurilgan qimorga pul tikaverasan.

Bu odamlar hali yana necha marotaba yiqitiladi. Chunki ularning bilimi emas, pullari kerak.

“Soqqa”li ishlarini yo`lga qo`yib olgan Yagona imtihon markazi to`lovlarni 50 foizga oshirmoqchi ekanligini ham shoshilinch ravishda ma`lum qildi. Agar shunga erishsa, yuqoridagi raqamlar 50 foizga ortib ketishi mumkin.

Agar Yagona imtihon markazini tashkil etganlarda korrupsiyani yo`qotish maqsad bo`lganda edi qayta imtihon topshirishni tekin yoki arzonroq qilib qo`ygan bo`lardi.

2406 nafar imtihon topshiruvchilardan omadli sanalgan 347 nafardan biri bilan birinchi urinishdayoq qanday o`tganligini so`radik.

Ismi sir qolishini istagan shaxs (zarur bo`lsa ismi sharifi ham oshkor etiladi) unga Yagona imtihon markazidagilar imtihondan o`ta olmaganini aytishgan. Amaliy imtihonda chiziqni bosgan emish. Yiqitilgan bola esa o`z haq-huquqini talab qilib kameradagi yozuvlarni ko`rsatishni talab qilavergan. Shundan so`ng mas`ullar “sen yiqilgan bo`lsang ham istisno tarzida o`tkazamiz, faqat jimgina ketsang bo`ldi” deb Haydovchilik guvohnomasini berishgan.

Endi savollar tug`iladi: yiqilgan bo`lsa, nega o`tkazdi, yiqilmagan bo`lsa, nega yiqildi deyishdi?

Oldimizda yana bir xatar bor. Bundan buyon nazariy savollar DTM savollariga o`xshab qiyinlashib boraveradi. Chunki mo`may daromad keltirishga asoslangan sxema shuni taqozo etadi. Qancha ko`p fuqaro yiqitilsa, daromad manbai shuncha ortib boraveradi.

Yagona imtihon markazi asoschilari esa tashkilotining faoliyatidan faxrlanib, fuqarolarimizni o`qimaganlikda va savodsizlikda ayblashda davom etaveradi.

Endi astronomik raqamlardan bu borada chiqarilgan hujjatlarga e`tibor qaratamiz:

Yagona imtihon markazi Prezidentimizning 2020 yil iyul oyida chiqarilgan “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. Yagona imtihon markazi asoschilari ham ayni shu qarorni ro`kach qilishadi. Ammo bu qarordan “chorasiz xalqning pulini shafqatsizlarcha shilib olinsin” degan joyini topa olmadi.

To`g`ri, unda “haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o`tkazish bo`yicha xizmatlar uchun to`lovlar miqdori tadbirkorlik sub`ekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag`lar to`liq hajmda uning tasarrufida qoladi” deyilgan. Ammo bu erda narx ko`rsatilmagan. Bu degani – o`zing xohlagan narxni qo`yib olaver degani emas.

Birinchi imtihon 100 ming so`m etib belgilangan ekan. Keyingilari aslida kamroq bo`lishi kerak emasmidi? Shunday bo`lganda, Yagona imtihon markazi asoschilarining xalq dardida yurganiga ishonsa bo`lar edi.

Yagona imtihon markazi atrofida bo`layotgan keyingi jarayonlarga kelsak, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev ham ayni shu monopoliyaga o`z munosabatini bildirib, Antimonopoliya qo`mitasiga “deputatlik so`rovi”ni kiritgan.

“Respublikaning ba`zi hududlarida imtihonlarni o`tkazish markazlari ushbu sohada etarli miqdorda xususiy sektor sub`ektlari tashkil etilmay turib, Prezident qarori talablariga zid ravishda faoliyati to`xtatilgan”, deyiladi R.Kusherbaev “deputatlik so`rovi”da.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi “deputatlik so`rovi”ga javoban, Prezident qarori talablariga zid harakatlar sodir etilayotganligi sababli Vazirlar Mahkamasi (Hukumatga) kiritish uchun tegishli taklif ishlab chiqqanligini ma`lum qilgan.

“Bitta tadbirkorlik sub`ektining tezroq “soqqa ishlashi”ga imkoniyat berish uchun shoshib-pishib boshqa davlat imtihon markazlarini yopish orqali Prezident qarori talablari ham buzilgan”, deydi ayni shu qaror talablari buzilishining sababini izohlagan deputat.

“Haydovchilar uchun imtihon oluvchi davlat imtihon markazlari yopilishida PREZIDENT qarorini umuman mensishmagan. Sog`lom davlatlarda davlatning o`rnini xususiylar egallab olgunicha, davlat u erni o`zi band qilib turadi. Chunki talab, ehtiyojdan kelib chiqadi barchasi. Qonunni ishlab chiqayotganlar ham shuning hisobini olgan. Biroq ijro bizning eng nozik nuqtamiz bo`lishda davom etmoqda. Prezidentni yolg`on statistika bilan ishontirganlar endilikda muqaddas qonunlarga ikkilanmay oyoqlarini qo`ymoqda”, dedi bloger Zafarbek Solijonov.

Yagona imtihon markazining asoschisi Komil Allamjonov deputat Rasul Kusherbaevga javoban shunday deydi:

“Soqqa” qilishga kelsak, aynan “soqqa” har sohaning drayveridir. Sizningcha fikrlansa, siz ham faqat “soqqa” uchun ishlaysiz va "soqqa qilasiz", chunki tekinga ishlamaysizku (o`zingiz aytgansiz shu gapni, video ilovada). Aslida “Soqqa” qilish gunoh emas. Jinoyat ham emas. Albatta, uni qanday qilish muhim. Masalan, biz hozirda hammasini qonuniy qilyapmiz. “Soqqa” tufayli Mark Sukerberg Facebook, Ilon Mask Tesla, Durov Telegram, Stiv Jobs iPhone’ni yaratdi. Agar “soqqa” kelmasa, bunday texnologik rivojlanish bo`lmas edi.

K.Allamjonov “Ozodlik” radiosi bilan suhbatda “bu ishlarni qilishimdan maqsad – u dunyoda jannatdan o`rin olish” degan edi. Yuqoridagi so`zlaridan kelib chiqib aytadigan bo`lsak, xalqning cho`ntagini majburan shilib jannatdan joy sotib olmoqchi degan xulosaga kelish mumkin.

Mark Sukerberg, Ilon Mask, Durov, Stiv Jobslar o`z aql-idroklari bilan milliarder bo`lishgan. Ular bo`lar-bo`lmas qonunlar orqali monopoliya yaratmadi. Ular boylik izidan quvishmadi, aksincha boylik ularni o`zini quvib yurishadi. Ular insoniyat uchun zarur bo`lgan omillarni yaratdi. Tayyor narsalarni buzib o`zlariga moslashtirmadi.

P.S. Komil Allamjonov trollariga eslatma: jo`yali fikr bildirish qo`lingizdan kelsa e`tiroz bildiring, biror aqlli gap ayta olmasangiz so`kinib o`tirmang. Aks holda, siz tarafini olayotgan insonning saviyasiga qanday baho berishni ham belgilab bergan bo`lasiz...

****

Mavzuga oid maqolalar:

Allamjonov manfaati uchun Prezident qaroriga qarshi chiqildimi?

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
33
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
06.04.2022 00:06
Tilloga teng maqola boʻlibdi. Gap yoʻq.
31.03.2022 17:28
Боракалло Рост 24, жуда ажойиб мақола чиқибди
31.03.2022 01:50
Бироз суст мақолангиз. Хиссиёт ва субъектив бахолар кўп. Мазмунан сиз билан хамфикр бўлсам-да, форма нуқтаи назаридан - хали кўп ишлаш керак.
30.03.2022 08:31
Нега такрорий имтихон топшириш қиммат қилиб қўйилган. 1. Биринчи марта имтихонга келган шахсни маълумотларини базага киритишга атиги максимум икки УЧ дақиқа кетса керак. 2. Иккинчи марта имтихонга келган одам маълумотлари базада бўлсаю яна кўпроқ пул тўласа мантиқ қаерда ўртоқ Алламбаложоноп
29.03.2022 19:29
Ажойиб ишлар буляптику, давом этинглар рост24,
29.03.2022 18:42
Ассалому алейкум майли очсин юритсин лекин мактаблани йопмасин тугри йуналишли талаб куйсин кегин узи ишлаб чиккан билетларини оммага хавола этсин беркитиб куймасдан кегин ишлатсин
29.03.2022 16:34
Я.И.М. Имтихонларига катнашиб чиккан фукароларимиздан купрок журналистик суриштирувларутказиш керак. Нима сабабдан утаолмаганлиги хакида ва имтихондан утганларидан, имтихонда хакикат бор йуклиги хакида. Агар имтихонда хакикат булса, билими бор имтихондан утса бунинг зарари йук. Факат фойда халкимизга.
29.03.2022 15:36
Буларни максади нима узи тушунмайсан халкни сабрини синашаябдими качон туйишади булар
29.03.2022 14:40
Марк Цукерберг,Стиф Жобс,Илон Маск лар конунни у́зларига мослаштириб олгани йукку Карл.
29.03.2022 14:24
Монополист узини даромадини оклашга харакат килаяптими?
29.03.2022 11:18
100% Rost24 XAQSIZ, MEN VA MENING YAQINLARIM, SIZ TAMONDAMIZ, OLG‘A....
29.03.2022 05:56
Лекин афсуски хеч Ким бу нарсани тухтата олмайди, чунки бу бизнеснинг оркасида коттаконлар туради...
28.03.2022 16:27
Биринчи булиб мана шу взломать Алламжонов жаноблари ва унинг якинларини халк бирлашиб узининг имтихон марказида имтихон топширишга мажбур килишимиз керак. Имтихончилар шу валломат ёптирган автомактабларнинг тажрибали устозлари булиши шарт. Алламжонов халкни эзиб жаннатий булмокчи булибдиларда?
28.03.2022 00:51
qoyil! Kalamushlarni fosh etishdan to'xtamang!
27.03.2022 16:29
Хозирги кунда автомактабларда ўқиш қандай олиб борилаётгани сир эмас. 2406 та имтихон топширувчидан 347 таси имтихондан муваффаққиятли ўтгани, бу автомактабларда ўқиш қай даражада олиб борилаётганини кўрсатиб турибди. Қанча пул тўлаганини нима фарқи бор? Охирги вақтда кўчаларда йўл қоидаларини умуман билмайдиган хайдовчилар ҳам кўпайиб кетган эди. Имтиҳондан ўта олмаганлар, кейинги имтиҳонда пухта билим олиб келишса албатта ўтади. Ўқиш керак! Пулни кучи билан ўтиб кетаман деб ўқимасдан хайдовчилик гувохномасини олишга уриниш керак эмас. Шунда кўчаларимизда ҳам тартиб ўрнатила бошлайди.
27.03.2022 12:06
Avtomobil qimmat, "prava" qimmat INSON QADRI esa.....
27.03.2022 10:15
Жамоатчилик ёппасига шу масаланинг ижобий ечимини топишга, ҳалиги жанобни фош этиш кетига тушса, бирйўла тизимини парчаласа бўлади.. Чунки, сабаблар айтилганиданда ортиқ, сабр косасини етарлича тўлдириб бўлди.