Evropada o`zbekistonlik fotorassom ko`rgazmasi ochildi

22.03.2022 14:58

Fotoko`rgazma kim tomonidan moliyalashtirilgan?

Afzalliklari nimada?

15 mart kuni Daniya Qirolligining Aarhus shahrida “O`zbek tashabbuslari” uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan “O`zbekiston – Buyuk ipak yo`li marjoni” mavzusidagi fotoko`rgazma o`z ishini boshladi.

Fotoko`rgazmaga o`zbekistonlik fotorassom, O`zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a`zosi Husniddin Ato taklif etilib uning 62 ta mualliflik fotosuratlari namoyish etilmoqda.

Qanday turdagi suratlar bu ko`rgazmadan o`rin egallagan?

Fotosuratlar O`zbekistonning Buyuk ipak yo`li tarixida muhim ahamiyatga ega bo`lgan qadimiy shaharlari Buxoro, Samarqand va Xiva tarixiy obidalari, turli hududlaridagi an`ana va qadriyatlari, milliy qo`l mehnati namunalari va o`zbek milliy taomlari aks ettirilgan.

Fotoko`rgazma 27 mart kuniga qadar davom etadi va kuniga yuzlab Daniya hamda Evropalik sayyohlar tomosha qilib O`zbekistonga xayoliy sayohat qilishmoqda.

Ko`rgazmani tashkillashtirishdan maqsad nima?

Ushbu fotoko`rgazmani uyushtirishdan asosiy maqsad O`zbekistonning boy madaniyatini dunyoga tanitish. Shuningdek, kichik o`zbek uyushmasi faoliyatini Daniya jamiyatida tanishtirish, u yerda tug`ilib o`sayotgan o`zbek farzandlarining ona yurti haqidagi tarixiy, madaniy bilimlarini oshirish shu bilan birga yurtimizga sayyohlarni jalb etishdir.

Ma`lumot o`rnida fotorassom Husniddin Atoning bugungi kunga qadar Belgiya, Ispaniya, Latviya, Eron va Yaponiya kabi mamlakatlarda ham shaxsiy fotoko`rgazmalari tashkillashtirilgan.

Ushbu fotoko`rgazma kim tomonidan moliyalashtirgan?

Loyihani moliyalashtirishda O`zbekistonning “Vatandoshlar” jamoat fondi, Daniyaning Viktorsfarmor – xususiy turizm byurosi, Aarhus shahrining Initiativ, Genlyd, 3F madaniyat va san`at kabi kichik fondlari tomonidan qisman mablag` ajratildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
23.03.2022 15:01
Баракалла Сиз билан фахирланамиз