Allamjonov manfaati uchun Prezident qaroriga qarshi chiqildimi?

18.03.2022 16:28

Ayni damda Toshkent hududida haydovchilik guvohnomasini olish uchun faqatgina Allamjonovga tegishliligi aytilgan «Yagona imtihon markazi»da  pul to`lab imtihondan o`tish mumkin. Oliy Majlis deputati qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaevning ma`lum qilishicha shu vaqtgacha Toshkentda faoliyat yuritgan davlat imtihon markazlari prezident qaroriga zid ravishda yopilgan. Bu esa o`z o`rnida lobbistlikka yo`l qo`ymaganiga ishontirgan Komil Allamjonov uchun Toshkentdagi yagona monopol imtihon markazi sifatida pul topishga imkon yaratgan.

Rasul Kusherbaev ayni markaz yuzasidan «deputatlik so`rovi»ni yuborganini aytmoqda.

«Keng jamoatchilik va saylovchilardan bo`layotgan murojaatlarni inobatga olib, Toshkent shahrida haydovchilar uchun imtihon oluvchi «Yagona imtihon markazi» faoliyatining yo`lga qo`yilishi va davlat imtihon markazlari yopilishida iste`molchilar huquqlari, raqobat hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi masalasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi nomiga «deputatlik so`rovi» kiritgan edim», deydi u.

Kusherbaev ushbu so`rovnomasi yuzasidan javob ham olgan va unda qayd etilishicha prezident qaroriga zid ish qilingan.

«Qo`mitaning bildirishicha, Prezidentning 2020 yil 7 dekabrdagi «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-4913-sonli qarorning 1-bandi, to`rtinchi xatboshida tegishli hududlarda davlat funksiyalari o`tkazilayotgan sohalarda etarli miqdorda xususiy sektor sub`ektlari tashkil etilguniga qadar mazkur funksiyalarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilishi ko`rsatib o`tilgan.

 

Biroq shunga qaramay hozirgi kunda respublikaning ba`zi hududlarida (Qashqadaryo viloyatida 2 ta, Surxondaryo viloyatida 3 ta hamda Toshkent viloyatida 6 ta) Ichki ishlar vazirligi tizimidagi Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmatining nazariy va amaliy imtihonlarni o`tkazish markazlari ushbu sohada etarli miqdorda xususiy sektor sub`ektlari tashkil etilmay turib, Prezident qarori talablariga zid ravishda faoliyati to`xtatilgan», deya izohlaydi Kusherbaev.

 

Kusherbaevning bildirishicha, Prezident qarorida aynan bir tashkilotga eksklyuziv huquqlar berilmagan hamda tegishli lisenziyaga ega bo`lgan barcha tadbirkorlik sub`ektlariga haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni olish huquqi berilgan.

Shu munosabat bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Prezident qarori talablariga zid harakatlar sodir etilayotganligi sababli Vazirlar Mahkamasiga (Hukumatga) kiritish uchun tegishli taklif ishlab chiqilgan.

Taklifda Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmatining nazariy va amaliy imtihonlarni o`tkazish bo`yicha faoliyati ushbu xizmatni ko`rsatuvchi tadbirkorlik sub`ektlarining etarlicha tashkil qilinguniga qadar, ya`ni har bir hududda avval faoliyatda bo`lgan imtihon oluvchi davlat tashkilotlari sonidan kam bo`lmagan xususiy sektor bozorga kirgandan so`ng to`xtatilishi nazarda tutilgan.

Bunda masalan, Toshkent viloyatida 6 ta xususiy imtihon olish markazi tashkil etilgunga qadar 6 ta davlat markazi ishlashi kerak. Nima uchun 6 ta deyilsa, asos shuki yaqin vaqtgacha talabdan kelib chiqib Toshkent viloyatida 6 ta markaz faoliyat ko`rsatgan. Undan kami etmaydi.

Deputat bayonoti so`nggida shunday xulosa qiladi: Bitta tadbirkorlik sub`ektining tezroq «soqqa ishlashi»ga imkoniyat berish uchun shoshib-pishib boshqa davlat imtihon markazlarini yopish orqali Prezident qarori talablari ham buzilgan.

Lobbist emasligiga ishontirgan «soqqakash» tadbirkorlar ayni masala yuzasidan ham izoh beradilar, deb o`ylaymiz.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
8
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
23.03.2022 19:42
Ассалому алайкум Rost24.uz сайти ташкилотчилари. Биз шу кунларда Тошкент имтиҳон марказида имтиҳон топширишимиз керак, чунки ўқишни тамомладик. Имтиҳон маркази томонидан қўшимча 300та савол таёрланиб, эски 700 та саволга қўшилиб, саволлар миқдори мингтага етказилди. Лекин, имтиҳон топширувчиларга шу қўшимча саволлар умуман берилмаяпти. Устига устак, имтиҳон топшириладиган Автодромда, имтиҳонлардан олдин машқ ўтказиш мумкин эмас. Фақатгина отнинг калласидай пул тўлабгина машқ ўтказишимиз мумкин. (Яқинда, бир блогер томонидан ўша саволлар телеграм ва ютуб каналларга ташланаётган эди, шу каналлар ҳам нимагадир ёпилди). Агар биз машқ ўтказиш учун яна шунча пул тўлайдиган бўлсак, нега биз автомактабда вақтимизни ва пулимизни сарфлаб ўқидик, бирданига шу ернинг ўзида пул тўлаб кейин имтиҳон топширсак бўлмасмиди. Эътиборингиз учун рахмат.
18.03.2022 22:28
Ассалому алайкум депутат Расул Кушербаев манимча хақ сўзни айтган.
18.03.2022 22:22
Шу аллмжонов факат ошкоралик шаффофлик деб узи соккага бел боглабди монопол узику индамай сокка киляпти узи ишини килсин алламжонов кушербоев айтмаса хакикатгуй алламжонов индамай монопол килиб сокка киляпти
18.03.2022 22:05
Пул булса карорга тупуриб куядию булар монопол аралашмаган нима колди Узбда.