Ukraina atrofida bo`layotgan voqealarning qisqacha tafsiloti

17.03.2022 16:51

Bugun – 17 mart kungi xabar va yangiliklar

Ukraina Evropa Ittifoqining energetika tizimiga a`zo bo`ldi.

Podolyak Zelenskiy va Putin o`rtasidagi to`g`ridan-to`g`ri muzokaralar uchun hujjatlar tayyorlanayotganini ma`lum qildi.

Ukrainalik jurnalistlarning aniqlashicha, Ramzan Qodirov yaqin haftalarda Ukrainada bo`lmagan. Biroz avval Qodirov Kievdan 25 km masofadagi hududda ekanini aytgan edi.

Financial Times Rossiya va Ukraina urushni tugatishi mumkin bo`lgan reja ishlab chiqqanini aytdi, unga ko`ra, kelishuv loyihasi o`n besh banddan iborat bo`lib, ular orasida Kievning NATOga qo`shilishdan bosh tortishi, qurolli kuchlarni cheklash, xorijiy harbiy baza va qurollarni joylashtirmaslik va`dalari ham bor.

Vladimir Zelenskiy AQSh Kongressida Rossiya bosqinidan keyin Ukraina xavfsizligini kafolatlash yo`llari haqidagi takliflar bilan chiqdi.

Rossiya Evropa Kengashidan chiqarib yuborildi.

Roskomnadzor bir kunda 30 ga yaqin saytni blokladi.

BMT Xalqaro sudi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini to`xtatishi kerakligi haqida qaror chiqardi.

Gaagadagi Xalqaro sud Kievning Moskva Genosid konvensiyasini buzgani haqidagi shikoyati ko`rib chiqilgunga qadar, Rossiyaga vaqtinchalik chora sifatida Ukraina hududidagi harbiy amaliyotlarni to`xtatishni buyurdi.

Bayden Putinni harbiy jinoyatchi deb bilishini ma`lum qildi.

NATO'ning navbatdagi sammitida Ukrainada tinchlikparvar missiyasini joriy etish masalasi ko`rib chiqiladi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi veb-saytida "Rossiya OAVlariga ishonmang — ular yolg`on gapirishadi", "Ukrainadagi urush haqida to`liq ma`lumot", "Rossiya defolti yaqin", "Favqulodda vaziyatlar vazirligi urush paytida Ukrainada 13 000 dan ortiq askar halok bo`lganligini ma`lum qiladi" degan matnlar paydo bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, xakerlar saytni buzib kirishgan.

AQSh razvedkasi Ukrainada 7000 nafardan ortiq rus askari halok bo`lganini ma`lum qildi.

O`zbekiston LXR va DXRni tan olishdan bosh tortdi va Ukrainaga yordam berishda davom etishini ma`lum qildi.

Rasmiy Moskva Kiev va Vashingtondan Ukrainadagi harbiy biologik laboratoriyalar faoliyatiga oid barcha ma`lumotlarni taqdim etishni talab qilmoqda.

Ukraina mudofaa vaziri Kremlni "zamonaviy dunyoning haqiqiy Gitleri" deb atadi.

Financial Times yozishicha, Moskva va Kiev muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар