O`zbekiston aholisining qariyb 2 million nafari 1 million so`mgacha maosh oladi

16.03.2022 16:29

O`zbekistondagi oylik maoshlar aholi ehtiyojini ta`minlay olmoqdami?

Ushbu maoshning qanchasi soliq va kommunal to`lovlari uchun sarflanadi?

4 mln. so`mdan yuqori maosh oluvchilar o`rtacha 16 foizni tashkil qilmoqda. Bu nimadan dalolat?

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy yil 15-mart sanasida o`z rasmiy saytida 2021-yil noyabr holatiga byudjet daromadlari ijrosi bo`yicha natijalarni e`lon qildi. Bu natijalar orasida aholining oylik maoshi ko`rsatkichlari ham o`rin egallagan.

Qayd etilishicha, 2021-yilning noyabr oyi yakunlariga ko`ra, 1,6 mln.dan ko`proq kishi 1 mln. so`mgacha oylik ish haqi olgan bo`lsam, 5 mln. so`mdan ko`proq ish haqi oluvchilar soni 209 mingtaga ortib, 513,2 ming kishini tashkil qilgan.

 

Demak, soliq to`lovchilar orasida aynan 1 milliongacha rasman oylik olayotganlar ko`pchilikni tashkil qiladi.  Bu daromad yashash uchun etadimi? Keling, oziq-ovqat ehtiyojini qondirish uchun ketadigan mablag` hisobida bu savolga javob topib ko`ramiz.

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida 2022-yil 10-mart holatiga ko`ra o`tkazilgan kuzatuv natijalari bo`yicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagicha:

Suyakli mol go`shti (1 kg) ➖ 45 000 – 70 000 so`m;

Qo`y go`shti (1 kg) ➖ 55 000 – 80000 so`m;

Kartoshka (1 kg) ➖ 3000 – 7000 so`m;

Piyoz (1 kg) ➖ 1500 – 5000 so`m;

Sabzi (1 kg) ➖ 1000 – 5000 so`m;

Tuxum (10 dona) ➖ 6000 – 14000 so`m;

Guruch (1 kg) ➖ 5000 – 17 500 so`m;

O`simlik yog`i (1 l) ➖ 13 600 – 24000 so`m;

Shakar (1 kg) ➖ 8000 – 10500 so`m.

Bu mahsulotlarning o`rtacha hisobini bir oyga 4 kishilik oila ehtiyoji uchun hisoblasak, 1 million so`m oladigan insonning kamida 800 ming so`m puli sarflanadi. E`tibor bering, bu faqatgina eng birlamchi mahsulotlar uchun, agar oilada 2 kishi ishlasaki vaziyat biroz yaxshidir, lekin yosh oilalarda yoki faqat bir kishi ishlaydigan oilalarda bu holat qanday bo`ladi?!
Endi o`zingiz o`ylang, soliqlarni to`layotgan, lekin 1 million so`mdan sal ziyod maosh oladigan xodim nima qiladi? Oila boqish uchun qo`shimcha yo`llar qidiradimi yoki harajatlardan tiyiladimi? Hali kommunal to`lovlaru inson ehtiyoji uchun kerak bo`ladigan oziq-ovqat mahsulotlarini bu harajatlarning ichiga kiritmadik…
1 million so`m maosh oladigan inson qo`shimcha bilim olish, hunar o`rganish yoki farzandini yaxshi joyda o`qitish kabi "orzular"ni rejasiga qo`shmasa ham bo`ladi(mi?)…

Bu oylik maoshlar statistikasiga e`tibor qilsak, byudjet va nobyudjet sektorlardan oylik maosh oladiganlar alohida yana ajratilgan. Aynan mana shu qismiga e`tibor berilsa, 4 million so`mdan yuqori bo`lgan ish haqi nobyudjet sektori ulushiga to`g`ri kelmoqda.

Davlat hamda xususiy tashkilotlarda ish olib borayotgan har qanday fuqaro, albatta, soliq to`lovlari uchun ham to`lovlarni amalga oshiradi. 2021-yil noyabr holatiga ko`ra, 4 685,9 ming kishi o`z oyligidan soliq to`lagan. Ulardan 42,6 foizi – byudjet, 57,4 foizi esa nobyudjet tashkilotlar xodimlarini tashkil qiladi. Nobyudjet tashkilotlarning hissasi ortgani albatta yaxshi natija, lekin aholisi 34 millionga etgan mamlakatning bor yo`g`i 4 mln 700 mingga yaqin fuqarosi soliq to`lashi hamon nolegal daromadning yuqoriligiga ishora emasmi?

2021-yil yakunlariga ko`ra, O`zbekistonda o`rtacha oylik maosh 3,2 mln so`mga teng bo`ldi, deyilgandi Davlat statistika qo`mitasining yanvar oyida e`lon qilingan ma`lumotida.
Ushbu ko`rsatkich 2020-yilga (2,673 mln so`m) nisbatan 20 foizga o`sgan. Demak eng kam oylik olayotganlarning daromadi ham nari borsa 200 mingga oshgan bo`lishi mumkin. “Kun kechirish” narxi esa bir necha barobarga ortdi.

 2021-yilda mehnatga haq to`lashning eng kam miqdoriga ikki marotaba o`zgartirish kiritilib, 822 ming so`mga etkazilgan.

Ma`lumot uchun, 2021-yilda jismoniy shaxslar daromadidan kelib tushgan soliqlar 18,9 trln so`mga etib, oldingi yildan farqli o`sish ko`rsatkichi 3,8 trln so`mni tashkil qilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Rost24 tomonidan poytaxt aholisidan "Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha maosh olish kerak? - deb so`ralgan ijtimoiy so`rovnoma o`tkazilgan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
19.03.2022 14:41
Бу курсатгичларга хам ишониш кийин. Тошкент шахридаги 99% нодавлат корхоналари 2,млн.сумдан куп пул туламайди. Давлат корхоналарини олайлик. Кишлок жойларида Больница да ишлайдиган мед.сестралар бир ставкасини 2-3 кишит олади. Махалладагилар ишга утказдик деб хисобат беришади,лекин яна шу бир ставкага 2киши ишлайди. Бу масала чукуррок урганилса тушуниб оласиз.
19.03.2022 14:40
Бу курсатгичларга хам ишониш кийин. Тошкент шахридаги 99% нодавлат корхоналари 2,млн.сумдан куп пул туламайди. Давлат корхоналарини олайлик. Кишлок жойларида Больница да ишлайдиган мед.сестралар бир ставкасини 2-3 кишит олади. Махалладагилар ишга утказдик деб хисобат беришади,лекин яна шу бир ставкага 2киши ишлайди. Бу масала чукуррок урганилса тушуниб оласиз.
17.03.2022 03:29
Assalomu alaykum! Man Samarqandda 1 mln ijarada yashayman,oyligim 2 mln 300 ming. Yetmaydi yosh oilaman, 1 nafar farzandim bor. Subsidiyaga uy olmoqchiman daromad soligʻidan ozod boʻlamanmi? Qanday tartibda ozod boʻlaman?
17.03.2022 03:26
Shining uchun o'zbeklar Rossiyaga ketishyapti-da. Biz o'zbeklarda esa arzimaydigan oylik evaziga kaaaatta-katta ish talab qilishadi kamiga, xuddi 5 mln dan oshiq maosh oladiganday.