Bugun ko`pchilik “COVID-19” kasalligi o`zida bor yo`qligini aniqlash uchun test topshirmoqda. Ushbu testlar ba`zan soxta bo`lib chiqayotgani ham ma`lum.
O`zbekiston Respublikasi DXX hamda IIV xodimlari “COVID-19” kasalligini aniqlashda PZR-test ma`lumotnomalarini soxtalashtirib, “Toshkent” xalqaro aeroportida yo`lovchilarga sotish bilan shug`ullanuvchi guruhni fosh qildi.
Ya`ni, “Toshkent — Moskva” yo`nalishida uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning hujjatlari tekshirilganida ularning PZR-test ma`lumotnomalari soxta ekani aniqlandi.
Tezkor harakatlar davomida, mazkur shaxslar “COVID-19” kasalligini aniqlash bo`yicha test topshirmasdan, ushbu soxta ma`lumotnomalarni Buxoro viloyatida tug`ilgan “Q.E.” va Xorazm viloyatida tug`ilgan "M.M."lardan sotib olganliklari ma`lum bo`lgan.
Ushbu “uddaburonlar”ga soxta ma`lumotnomalarni Toshkent shahrida yashovchi “M.N.” va “K.A.”lar tayyorlab, etkazib turishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Har bir inson bunday holatga tushmasiligi va haqiqiy ma`lumotlarni olishi uchun sog`liqni saqlash tizimi xodimlariga murojaat qilishlari kerak.