200 nafar  hindistonlik O`zbekistonda tibbiyotni o`rganadi, ammo hamyurtlarimiz Hindistonda davolanishadi

15.03.2022 01:21

5000 ga yaqin viza berilgan bo`lsa, shundan 4000 tasi tibbiy. MDH davlatlari bemorlari Hindistonda ko`pchilikni tashkil etadi. Bunga sabab nima?

Hindistonning O`zbekistondagi elchisi Manish Prabxatning Rost24.uz saytiga ma`lum qilishicha, hozirda O`zbekistonda 1800 ga yaqin hindistonlik yashaydi. Ularning 200 nafari Samarqand, Buxoro, Urganch, Andijon va Farg`onada tibbiyot yo`nalishida tahsil olayotgan talabalardir.

Elchixona tomonidan 2021 yilda 5000 ga yaqin viza berilgan bo`lsa, shundan 4000 tasi tibbiy maqsadlarda taqdim etilgan.

«O`zbekiston fuqarolari orasida tibbiy turizm juda mashhur»,- demoqda Hindiston elchisi. 

Statistika qo`mitasi taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilda jami 23 ming 911 nafar o`zbekistonliklar davolanish maqsadida chet elga ketgan. O`zbeklar Hindistondan tashqari Rossiya (11,24 ming kishi), Turkiya (4,34 ming kishi), Qirg`izistonda (3,49 ming kishi) davolanishgan.

E`tiborli jihati, statistik raqamlar davolanish maqsadida O`zbekistonga keluvchilar sonining ham ko`pligini ko`rsatmoqda. O`tgan 2021 yil davomida 32,4 ming xorijliklar davolanish maqsadida yurtimizga kelgan.

Lekin, davolanish uchun kelgan «xorijliklar»ning asosiy qismini Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari tashkil qiladi.

Qozog`istondan - 13, 84 ming kishi;

Tojikistondan - 3,01 ming kishi;

Qirg`izistondan - 4,35 ming kishi.

Statistika qo`mitasi taqdim etgan xabarda boshqa xorijiy mamlakatlardan davolanish maqsadida kelgan xorijliklar haqida ma`lumot yo`q.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
15.03.2022 13:38
Oldingdan oqqan suvning qadri yo`q