Buning sababi qilib ekspertlar nimani ko`rsatmoqda?
O`zbekiston ham bu tizimga to`liq egami?
Rossiyalik turoperatorlar "barchasi ichida" tizimi bor va "Mir" to`lov kartalari qabul qilinadigan mamlakatlarga talab ko`payishini bashorat qilishmoqda.
Bunday tizimga ega mamlakatlar – Turkiya, Tunis, Misr hamda Maldiv va BAAdagi qator mehmonxonalar ana shunday shaklda ishlaydi. Parvozlar tiklanganidan so`ng ular qatoriga Kuba, Dominikan, Meksika qo`shilishi mumkin.
Sayyohlar uchun "Mir" kartalarini qabul qiladigan eng ko`p terminal va bankomatlarga ega mamlakatlar sifatida O`zbekiston, Belarus, Armaniston, Qirg`iziston Abxaziya va Janubiy Osetiya tavsiya qilingan.
“Faqat ikkita haqiqiy ommabop yo`nalish bor – Belarus va Abxaziya. Lekin shunday sharoitlarda O`zbekistonga ham sayyohlar oqib kelishi mumkin”, deyishmoqda ekspertlar.
Shuningdek, Qozog`iston, Tojikistonda ham "Mir" kartalari qisman qabul qilinishi ma`lum qilingan.
Eslatib o`tamiz, Moskva va Sankt-Peterburgga qo`shimcha aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi. Bunga yo`lovchilar orasida talab ortishi sabab bo`lgan.