3 mart kuni O`zbekistondagi monopol avtomobilsozlik kompaniyasi yangi narxlar bilan xaridorlarni siyladi. Narx oshishi shartnomalarni orziqib kutayotganlar uchun ahamiyatga ham ega bo`lmay, bor yo`g`i bir necha soatda 13 mingdan ortiq shartnoma tuzilgani e`lon qilindi.
Buning ortidan bildirilgan fikrlar esa turlicha bo`ldi. Kimdir «olib sotarlar oldi», degan bo`lsa, yana kimdir «bizda ko`p pul topayotganlar kam emas», deb yoqa ushladi. Xo`sh narxlarning ko`tarilishini oddiy xalq qanday qabul qildi?
- Noreal narxlar...
- Mashinalar o`zi qimmat bo`lishi kerak, odamlar ololmasin...
- Qiyin bo`ldi, qiyin...
- Yaqinda mashinamni sotib, yangi olaman degandim narxi oshib turibdi...nima ham qilardik.
- puli bor odamga bilinmaydi.
- Oylikka ishlab mashina olgan odamni ko`rmadim.
Rost24 o`tkazgan so`rovnomada javoblar turlicha bo`ldi.
Batafsil videoda: