Ukraina Rossiyani Gaaga sudiga berdi. Rossiya taraf esa sudga bormadi

08.03.2022 21:43

Gaaga sudi haqida nimalarni bilish kerak? Sudning birinchi ishi qachon ko`rib chiqilgan?

Joriy yilning 24 fevralida Rossiya Ukrainada operasiya boshladi. Ular Ukrainani neonasistlardan tozalash maqsadida muhim obe`ktlarni o`qqa tutgan edi. 26 fevralda Ukraina genosid jinoyatining oldini olish va jazolash to`g`risidagi konvensiyaga oid nizo bo`yicha Rossiya Federasiyasiga qarshi ish qo`zg`atish uchun Gaaga sudiga berdi. 

Kecha 7 mart kuni sud arizani ko`rib chiqish uchun ish boshladi. Ammo Rossiya taraf sudga bormagan. Xalqaro sud bunga afsus bildirgan, xolos. Rossiyaning Gaagadagi elchisi Aleksandr Shulginga ko`ra, Moskvaning ushbu jarayonlarda qatnashish niyati yo`q. Ukraina vakili Anton Korinevich buni ularning jang maydonida ekanligi bilan izohlagan.

Ma`lumot uchun Ukraina Rossiyaning Qrimni egallashi ortidan ham sudga bergan edi va bu Rossiya – Ukraina o`rtasidagi harbiy mojaro etib baholangandi.

Gaaga sudi haqida nimalarni bilish kerak?

Birinchi jahon urushidagi misli ko`rilmagan qon to`kilishi 1919 yildagi Parij tinchlik konferensiyasi tomonidan tinchlik va jamoaviy xavfsizlikni saqlashga qaratilgan birinchi jahon miqyosidagi hukumatlararo tashkilot sifatida tashkil etilgan Millatlar Ligasining tuzilishiga olib keldi. Liganing (14-modda) paktida bahslashayotgan tomonlar tomonidan taqdim etilgan har qanday xalqaro nizolarni ko`rib chiqish, shuningdek har qanday nizo yoki ko`rsatilgan savol bo`yicha maslahat xulosasini taqdim etish uchun mas`ul bo`lgan doimiy Xalqaro sud tashkil etilishini talab qildi.

Ikkinchi jahon urushidan so`ng (1945 yil) Gaaga sudi bo`lib o`zgaradi. Gaaga sudi bu – BMTning asosiy sudlov organi. Byudjeti 30 million dollar atrofida. 15 nafar sudyalardan iborat. Ular BMT Bosh assambleyasi va Xavfsizlik kengashi tomonidan 9 yilga saylanadi. Ushbu xalqaro sud Gaaga shahrida joylashgan bo`lib, Birlashgan millatlar tashkilotining oltita asosiy organlaridan biri hisoblanadi. Gaaga Niderlandiyaning markaziy shaharlaridan biri, dunyoning ma`muriy va siyosiy shahridir.

Sudning birinchi ishi 1947 yil may oyida Buyuk Britaniya tomonidan Albaniyaga qarshi Korfu kanalidagi voqealar bo`yicha taqdim etilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар