O`zbekistonda xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a`zolariga moddiy yordam beriladi. Bu sayllovoldi va`dalarda bor edi.
Prezident Shavkat Mirziyoev 1 mart kuni «Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a`zolarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarorni imzolagan.
Unga ko`ra 2022 yil 1 maydan har yili hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan:
Shuningdek, mahallalardagi yoshlar etakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro`yxatda bo`lgan yoki «daftarlar»dan biriga kiritilgan hamda mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo`llanmalar beriladi.
O`zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasining mablag`lari hisobidan mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila a`zolariga yordam pullari va yo`llanmalar berishda:
Qarorga ko`ra, xorijda vaqtinchalik ishlayotgan va ta`lim olayotgan o`zbekistonlik yoshlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida «Xorijdagi yoshlar balansi» shakllantirilib, ular to`g`risidagi ma`lumotlar «Yoshlar portali» elektron platformasiga kiritib boriladi.
2022 yil 1 martdan «daftarlar»dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasi yo`li bilan vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqib ketayotgan fuqarolarga ham 10 million so`mgacha miqdorda bir yil muddatga miqroqarzlar beriladi.
Shuningdek, 2023 yil 1 yanvargacha quyidagilar bo`yicha kompensasiyalar to`lanadi:
«Dangasalar»ning «Fidoiy» farzandlarga aylanishi
Islom Karimov prezidentligi davrida migrantlarda nafaqat davlat rahbari balki, jamoatchilik orasida ham past nazar bilan qarash bor edi. Bu albatta o`sha vaqtdagi ma`naviy targ`ibot ishlariyu, kinofilmlarda ham aks etgan. Xususan, 2013 yilda Prezident Islom Karimov Moskva ko`chalarini supurayotgan o`zbeklarni «dangasalar» deb atagan va ularni «tilamchilar»ga tenglashtirgan.(Audioda tinglang)
«Dangasalar deb kimni hisoblayman? Ho`v Moskvani borib ko`chalarini, maydonlarini supuradiganlarni. O`tta nima yo`q... Odam jirkanadi-ki o`zbek millatidan shunaqa borib, o`ziga bir burda non topish uchun shu yoqqa borishi kerak ekan. Ha, O`zbekistonning o`zida hech kim ochlikdan o`layotgani yo`q!» - deb aytgan Jizzax viloyatiga safari chog`ida viloyat fermerlari va faollari bilan uchrashgan prezident Karimov. O`zbekistonning birinchi prezidentiga ko`ra, ish topish uchun xorijga chiqib ketganlar «sharmanda qiladi hammamizni».
«Endi tilamchi bo`lib, ko`chaga chiqib, qo`lini uzatib so`rash, odamning or-nomusiga qattiq tegadi. O`zbek millati nima bilan ajralib turadi boshqalardan? Or-nomusi bilan. O`lim bilan barobar emasmi bu?! Bunaqalarni dangasa deymanki, katta pul tezroq topish uchun u yoqqa borib, sharmanda qiladi hammamizni,” - deb aytgan o`shanda Islom Karimov.
O`zbekiston prezidentining mehnat muhojirlari haqida bildirgan fikrlari 2013 yil 20 iyun kuni O`zbekiston Televideniesi orqali maxsus ko`rsatuvda namoyish etilgan bo`lib, shundan so`ng unga bildirilgan munosabatlar tarzida ketma-ket telekanallar dasturlarda va nashrlarda nafrat to`la iddaolar e`lon qilina boshlagan.
Kuzatuvchilar bu munosabatni tahlil qilar ekan, Karimov ham Putinga javob aytish uchun “dangasa” deb aytishga majbur bo`lgan deyishadi.
Shavkat Mirziyoev davrida ish o`rinlari kam va borlari ham past maosh berishi sababli xorijga ketishga majbur bo`layotgan muhojirlarimizga munosabat tubdan o`zgardi. Bir necha yig`inlarda ularning mamlakatimiz iqtisodiga qo`shgan hissasi katta minbarlarda qayd etildi.
2021 yil oktyabrda Shavkat Mirziyoevning Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida «Migrantlar — fidoyi farzandlarim» deb aytgandi. O`sha paytda prezidentlikka nomzod hisoblangan Alisher Qodirovning migrantlarni soliqqa tortish haqidagi fikrlariga munosabat bildirar ekan, Shavkat Mirziyoev migrantlarning o`z oilasiga bergan ko`magini, daromad deb soliqqa tortib bo`lmasligini ta`kidlagan.
«Nomzod sifatida bu masala bo`yicha o`zimning va partiyamizning pozisiyasini aniq aytib o`tmoqchiman.
Hozirda 2,5 milliondan ziyod fuqarolarimiz xorijda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Ular topayotgan daromadlaridan xorijda soliqlarni to`liq to`lab, qolgan qismini o`z oilasiga jo`natmoqda. Bir narsani aniq tushunib olish kerak: bu – soliqqa tortiladigan daromad emas! Fuqaromiz o`z oilasiga bergan ko`magini, daromad deb soliqqa tortib bo`lmaydi. Vatandan uzoqda mehnat qilib, ham o`zini, ham oilasini boqayotgan yurtdoshlarimizga faqat rahmat aytish kerak.
Shuning uchun ushbu mablag`larni yana takroran soliqqa tortish tashabbusiga biz mutlaqo qarshimiz,
bunday g`oya – partiyamiz kun tartibida yo`q va bo`lishi ham mumkin emas! Shu bilan birga, biz chet elda ishlayotgan fuqarolarni tizimli qo`llab-quvvatlash bo`yicha boshlangan ishlarni davom ettiramiz», — degandi Mirziyoev.
Shuningdek, u Karimovning mehnat muhojirlariga nisbatan ishlatgan so`zlariga ishora qilib o`tgan:
«Migrantlar mening fidoyi farzandlarim. Bir paytlar ularga nisbatan noto`g`ri ta`rif ishlatilgan edi. Lekin men bu fikrga qo`shilmaganman. O`zingiz o`ylang, ular nima uchun xorijga ishga ketishgan? Noilojlikdan! Agar biz bu erda ish bilan ta`minlab berganimizda ular xorijga ketarmidi? Yo`q! Mana, 90 yillarda migrantlar yo`q ediku... Agar men shu yurtda rahbar bo`lib ishlasam, ular hech qachon soliqqa tortilmaydi. Aksincha, ularga O`zbekistonda sharoit yaratib berishga harakat qilamiz».
Saylovoldi va`dalardan biri bajarilmoqda. Ya`ni, yuqorida keltirilganidek, migrantlarni qo`llash masalasi ham aynan o`sha va`dalar orasida bor edi.
Misol uchun fevral oxirlarida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Tashqi mehnat migrasiyasi to`g`risida»gi qonunni qabul qilgandi. Qonun loyihasida tashqi mehnat migrasiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari belgilangan. Sohada qo`llanib kelinayotgan tushunchalarning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Yangi qabul qilingan qaror esa bu ishlarning mantiqiy davomi bo`ldi. Qaror chiqdi, ijrosi qanday bo`ladi? Bu hujjat imtiyozlari qog`ozlarda qolib ketmaydimi? Rost24.uz buni ham kuzatib boradi.
Ma`lumot uchun: Markaziy bank O`zbekistonga 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijdan yuborilgan pul o`tkazmalari hajmi 5,7 milliard dollarni tashkil etganini ma`lum qilgandi.